Download presentation
Presentation is loading. Please wait.
Published byfazilat ibadullayeva Modified 6 months ago
1
Atom yadrosi 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 3-mavzu
2
Reja: 2 3 Atom yadrosi 1 Vodorod atomi Atomlar elektron qavatlarining tuzilishi
3
Atom yadrosi neytronlar va protonlardan tashkil topgan. Neytron zaryadsiz zarracha bo‘lib, nisbiy massasi 1 m.a.b.ga teng, “n” harfi bilan belgilanadi. Proton Neytron Proton musbat zaryadli zarracha. Uning nisbiy massasi 1 m.a.b.ga teng, “p” harfi bilan belgilanadi.
4
Atomning yadrosi musbat zaryadlangan bo‘lib, uning zaryadi shu elementning kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi tartib raqamiga teng.
5
Atomning massasi yadrodagi protonlar va neytronlar massalarining yig‘indisiga teng: A=N p +N n. Masalan, alyuminiy atomi yadrosida 13 ta proton va 14 ta neytron bo‘ladi: A r |Al|=13+14=27 m.a.b.
6
Yadro zaryadlari bir xil, lekin atom massalari turlicha bo‘lgan kimyoviy elementlar turkumi izotoplar deb ataladi.
7
Massasi o‘zaro teng, lekin yadro zaryadlari har xil bo‘lgan elementlar izobarlar deb ataladi. Masalan, kaliy va argon: 39 40 K, 18 40 Ar. Atom yadrosida neytronlar soni bir xil bo‘lgan elementlar izotonlar deyiladi. Masalan, Ksenon 136 54 Xe,Bariy 138 56 Ba va Lantan 139 57 La.
8
Radioaktiv elementlarning o‘z-o‘zidan radioaktiv nurlar chiqarishi natijasida yangi kimyoviy element hosil bo‘lishi radioaktiv yemirilish deyiladi.
9
Atomlar elektron qavatlarining tuzilishi Atom elektroneytral sistema bo‘lib, u, asosan, musbat zaryadli yadrodan va yadro atrofida harakat qiladigan manfiy zaryadli elektronlardan iborat.
10
Elektronlar yadro atrofida energetik pog‘onalarda harakatlanadi. Energetik pog‘onalar pog‘onachalarga bo‘linadi.
11
Energetik pog‘onaning qiymati qancha kichik bo‘lsa, ayni pog‘onadagi elektronlarning yadro bilan bog‘lanish energiyasi shuncha katta bo‘ladi.
12
Energetik pog‘onacha Yadro atrofida harakatlanayotgan s, p, d, f elektronlar bilan farqlanadi va elektronlar energiyasi yoki elektron «bulut»larning shaklini ifodalaydi.
13
Pog‘onachalardagi elektronlar soni quyidagi formula bilan topiladi: 2 (2l+1). s-elektronlar yadro atrofida sharsimon harakatlanadi va ular har bir energetik pog‘onada (qavatda) 2 tagacha bo‘ladi.
14
p-elektronlar yadro atrofida x, y va z o‘qlari boylab perpendikulyar harakatlanadi va ular ikkinchi qavatdan boshlab har bir qavatda oltitagacha bo‘ladi.
15
Pog‘onachalardagi bo‘sh yacheykalar elektronlar bilan, avvalo, bittadan maksimal darajada to‘ladi, so‘ngra ortib qolgan elektronlar tartib bilan juftlasha boshlaydi.
Similar presentations
© 2025 SlidePlayer.com Inc.
All rights reserved.