Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

Mavzu: Temur tuzuklari.. Reja: 1.Tuzuk nima? 2.Amir Temurning davlat boshqaruvi tizimi. 3. Sohibqironning 12 muhim tuzugi. 4. “Temur tuzuklari” va O‘zbekiston.

Similar presentations


Presentation on theme: "Mavzu: Temur tuzuklari.. Reja: 1.Tuzuk nima? 2.Amir Temurning davlat boshqaruvi tizimi. 3. Sohibqironning 12 muhim tuzugi. 4. “Temur tuzuklari” va O‘zbekiston."— Presentation transcript:

1 Mavzu: Temur tuzuklari.

2 Reja: 1.Tuzuk nima? 2.Amir Temurning davlat boshqaruvi tizimi. 3. Sohibqironning 12 muhim tuzugi. 4. “Temur tuzuklari” va O‘zbekiston Konstitutsiyasi.

3 Mustaqillik yillarida “Temur tuzuklari” qayta-qayta nashr etilayotgani tahsinga loyiq. Turli manbalarda bu asar “Temur tuzuklari”, (“Tuzuki Temuriy”) “Temurning aytganlari” (“Malfuzoti Temuriy”) va “Temur haqida xotiralar” (“Voqioti Temuriy”) degan nomlar bilan ataladi. Bugungi kunda “Temur tuzuklari”ning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. Ushbu noyob asarni jahonning ko‘pgina mamlakatlarida, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH, Rossiya, Finlyandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr, Yaman kutubxonalaridan topsa bo‘ladi.

4 Tuzuk nima? “Tuzuk” so‘zining lug‘aviy ma’nosi qonun-qoidalar to‘plami, nizom, degan ma’nolarni anglatadi. Boshqacha aytganda, Tuzuk – Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni, deganidir. “Konstitutsiya” atamasi, “Imperator Konstitutsiyasi” deb atalgan qonun misolida, qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan. O‘z navbatida, “Temur tuzuklari” Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lib, shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.

5 Amir Temurning davlat boshqaruvi tizimi Sohibqiron ajdodimiz, ilgarigi davrlardan farqli holda, jamiyatdagi barcha tabaqalarning haq-huquqlari va manfaatlarini inobatga olib, ularning hayoti uchun zarur ijtimoiy zaminni vujudga keltirgan. Har bir toifaning haq- huquklari, burch va majburiyatlari o‘ziga xos qonun bilan kafolatlab qo‘yilgan. Amir Temurning ulkan xizmatlaridan yana biri – davlat boshqaruvini tashkil qilish bilan bog‘liq. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijroiya tarmoqlariga bo‘linishiga asoslangan mazkur tizimni joriy etishda Amir Temur ko‘r-ko‘rona emas, balki o‘zi yashab turgan voqelikni nazarda tutgan holda ish yuritgan.

6 Amir Temur saltanatining ijro etuvchi tizimidagi sakkiz vazirlik va yana bir necha muassasalar moliya, soliqlar, daromad va xarajatlar, mulkchilik, yetishtiriladigan hosil, chorva, yaylovlar ahvoli, obodonchilik, xabar va pochta, harbiy va adliya sohalarini boshqargan. Masalan, harbiy ishlar vazirligi harbiylarga maosh berish, ularga tegishli mulklarni boshqarish, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy mashqlarni tashkil etish kabi vazifalar bilan bir qatorda, iste’foga chiqqan, urushda yarador bo‘lib, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarga nafaqa belgilash kabi yumushlarni ham bajargan.

7 Sohibqironning 12 muhim tuzugi O‘z navbatida, “Temur tuzuklari” asari davlatni idora qilish usullari, qo‘shinni tashkil etish qoidalari, urushlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan turli harbiy uslublar singari qator siyosiy, huquqiy, harbiy va axloqiy g‘oyalar va me’yorlarni o‘z ichiga olgan. “Temur tuzuklari”ning markazida inson, uning qadr- qimmatini joyiga qo‘yish turadi. Shu ma’noda, Sohibqironning huquqiy qarashlarida, avvalo, mamlakat ishlari tuzuki alohida ahamiyatga egadir.

8 “Saltanat ishlarini qonun va qoidalar, to‘ra va tuzukka solib, saltanatim martabayu e’tiborini saqladim”, deyiladi “Temur tuzuklari”da va saltanat obro‘-martabasini saqlashga doir quyidagi to‘rtta asosiy tuzuk sanab o‘tiladi. “Birinchidan, saltanatim qonun-qoidalarini islom dini va kishilarning eng xayrlisi (hazrati Muhammad)ning shariatiga bog‘lab, izzatu hurmatlash vojib bo‘lgan onhazratning avlodi va sahobalariga muhabbat bildirish asosida tuzdim. Saltanatim martabasini to‘ra va tuzuklar asosida shunday saqladimki, uning ishlariga aralashishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi.

9 “Temur tuzuklari” va O‘zbekiston Konstitutsiyasi Amir Temurning huquqiy qarashlari va qonunchilik tizimi butun Temuriylar saltanatida hayotning barcha jabhalarida o‘z aksini topib, ulkan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. Jumladan, Buyuk Ipak yo‘li xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilganki, bu bilan savdo-tijorat rivojiga katta hissa qo‘shgan Sharqu G‘arb mamlakatlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirgan.

10 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddimasining uchinchi bandida ushbu Asosiy Qonun “o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib” qabul qilindi, deb ta’kidlangan. Albatta, o‘zbek davlatchiligi rivoji tarixiy tajribasining eng muhim qismi – Amir Temur va temuriylardan meros huquqiy, siyosiy va tarixiy manbalardan, ayniqsa, “Temur tuzuklari”, “Boburnoma”, “Jahongir tuzugi”, “Humoyunnoma”, “Zafarnoma” kabi ko‘plab nodir asarlardan iboratdir. Sohibqiron qoldirgan qonuniy me’yorlar va huquqiy normalardan Konstitutsiyamizning turli qism va boblarida, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti”, “Vazirlar Mahkamasi”, “Sud hokimiyati”, “Mudofaa va xavfsizlik” boblarining muayyan moddalarida, zamon talablarini nazarda tutgan holda, ijodiy foydalanilgan.

11 Amir Temurning huquqiy qarashlari va amaliy faoliyati har doim adolat va insof me’yorlari bilan hamohang bo‘lgan. Ulug‘ Sohibqiron o‘z davlati hududlarida tuzuk- to‘ra va shariat qoidalari ustuvorligini amalda ta’minlagan. Bu haqda, jumladan: “Sipohiylarimni hamisha jangga tayyor holda tutdim; oylik haqlarini so‘rattirmay vaqtida berardim. Chunonchi, Rum yurishida sipohiylarimga o‘tgan va kelajakda qiladigan xizmatlari uchun yetti yillik oziq- ovqatlarini birvarkayiga berdim”, deyiladi “Temur tuzuklari”da.

12 Bundan tashqari, Sohibqiron saltanatida kasbu hunar va ma’rifat ahli muntazam ish bilan ta’minlangan. Sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarlarga o‘z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilgan. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bo‘lsa, unga ekin- tekin uchun zarur urug‘lik va mehnat qurollari tayyorlab berilgan. Inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bunday amaliy misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

13 Yengilmas ajdodimizning harbiy-nazariy tafakkuri Yana bir muhim jihat. Yangi turdagi muntazam armiyaning tashkil etilishi, siyosiy uyushuv, hayotning barcha jabhalari, ayniqsa, iqtisodiyotning g‘alaba qozonish yo‘lidagi strategik vazifaga bo‘ysundirilishi, mustahkam intizom, har bir jangchi tomonidan harbiy harakatlar olib borish qoidalariga rioya qilinishi, diplomatik vositalardan ustalik bilan foydalanish kabi omillar raqib ustidan zafaru g‘alabani ta’minlagan. Amir Temur o‘zining butun hukmronligi davrida biron marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.

14 O‘zbekiston istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Amir Temur nomi, uning siymosi xalqimizni birlashtirishda, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo‘lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-quvvat va shijoat bag‘ishlab turibdi. Zero, ma’naviyatimizning eng teran o‘q tomirlaridan biri – ulug‘ zot Amir Temur siymosidir. Sohibqiron siymosi insoniyat tarixida bizgacha bo‘lgan, bizdan keyin ham bo‘ladigan katta bir olamshumul voqelikdir.

15 ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.


Download ppt "Mavzu: Temur tuzuklari.. Reja: 1.Tuzuk nima? 2.Amir Temurning davlat boshqaruvi tizimi. 3. Sohibqironning 12 muhim tuzugi. 4. “Temur tuzuklari” va O‘zbekiston."

Similar presentations


Ads by Google