Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

IJTIMOIY IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING MODELLARI ULUG’MURODOVA FERUZA.

Similar presentations


Presentation on theme: "IJTIMOIY IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING MODELLARI ULUG’MURODOVA FERUZA."— Presentation transcript:

1 IJTIMOIY IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING MODELLARI ULUG’MURODOVA FERUZA

2 MA’LUMKI, HAR QANDAY DAVLATDA, JAMIYATDA IQTISODIYOTNING ASOSIY VAZIFASI RESURSLARNING TAQCHILLIGI SHAROITIDA MAVJUD RESURSLARDAN FOYDALANISHNING ENG SAMARALI VA OQILONA YO ‘LLARINI TANLAB, MAMLAKAT FUQAROLARINING EHTIYOJLARINI TO‘LAROQ QONDIRISHDAN IBORAT. BU MAQSADDA IQTISODIYOTNING QUYIDAGI UCHTA ASOSIY SAVOLIGA JAVOB TOPISH MUAMMOSIGA DUCH KELINADI: NIMA? QANDAY? KIM UCHUN? IQTISODIY TIZIM — JAMIYAT (MAMLAKAT) IQTISODIY HAYOTINI TASHKIL QILISH SHAKLI. TURLARI an’anaviy iqtisodiyot bozor iqtisodiyoti markazlashgan rejali iqtisodiyot

3 AN’ANAVIY IQTISODIYOT An’anaviy iqtisodiyot tizimi — Nima? Qanday? Kim uchun? degan savollarga jamiyatda saqlanib kelayotgan yuz yillik an’analarga muvofiq javob beradi An’anaviy iqtisodiyotda natural yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan urfodatlarga asoslanadi. Merosxo‘rlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy roli yuqori bo‘lib, asosan ular hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg‘unlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular ko‘pincha an’analarga zid keladi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug‘diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.

4 Rivojlanayotgan bozorlardaRivojlanayotgan bozorlarda va rivojla nayotgan mamlakatlarda rivojla nayotgan mamlakatlarda an'anaviy iqtisodiyotning ko'pchiligi faoliyat ko'rsatmoqda. Ular ko'pincha Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqda.

5 AN'ANAVIY IQTISODIYOTNING BESHTA XARAKTERISTIKASI Birinchidan, an'anaviy iqtisodlar oila yoki qabila atrofida joylashgan. Ular kundalik hayot va iqtisodiy qarorlar uchun oqsoqollar tajribasidan foydalangan an'analardan foydalanishadi. Ikkinchidan, an'anaviy iqtisodiyot ovchi-yig'uvchi va ko'chmanchi jamiyatda mavjud. Savdoga zarurat yo'q, chunki ular bir xil narsalarni iste'mol qiladilar va ishlab chiqaradilar. Uchinchidan, an'anaviy iqtisodiyotlarning aksariyati faqat kerakli narsalarni ishlab chiqaradi. Kamdan ortiq ortiqcha yoki qoldiqlar mavjud. Bu esa, savdo qilish yoki pul ishlab chiqarishni keraksiz qiladi. To'rtinchidan, an'anaviy iqtisodiyotlar savdo qilganda, ular barterga tayanadi. U faqat raqobat qila olmaydigan guruhlar o'rtasida bo'lishi mumkin. Misol uchun, ovchilikka tayanadigan bir qabila baliq ovlashga asoslangan guruh bilan oziq-ovqat almashadi. Beshinchisi, an'anaviy xo'jaliklar dehqonchilikni boshlagandan keyin rivojlana boshlaydi.

6 MA’MURIY-BUYRUQBOZLIK IQTISODIYOTI Markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimida deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari davlat tasarrufida bo‘lib, barcha iqtisodiy yechimlar, nimani qancha miqdorda, qay tariqa ishlab chiqarish ham oldindan rejalashtirilib, markazda o‘tirgan bir guruh mutaxassislar tomonidan hal qilinadi.. Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi.

7

8 BOZOR IQTISODIYOTI Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor iqtisodiyoti tizimidir. Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo‘lib, ba’zi adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo‘lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi.

9 ERKIN RAQOBATGA ASOSLANGAN BOZOR IQTISODIYOTI Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda har bir iqtisodiy subyektning xatti-harkati uning xususiy manfaatiga asoslanadi. Ular o‘zlari qabul qilgan xo‘jalik echimlari va qarorlari asosida daromadlarini eng yuqori darajada yetkazishga intiladilar. Bu alohida qabul qilingan qarorlar bozor tizimi yordamida uyg‘unlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlarning ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning ko‘plab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud bo‘ladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo‘ladi. Shu sababli davlatning roli xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilishiga qulay sharoit yaratuvchi huquqiy tartiblar o‘rnatishdan iboratdir.

10

11 HOZIRGI ZAMON BOZOR IQTISODIYOTI. Hozirgi davrda real hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi.

12 MASALAN, AQSH IQTISODIYOTI HOZIRGI DAVRDA OLDINGI ERKIN BOZOR IQTISODIYOTIDAN SEZILARLI FARQ QILADI. BU FARQLAR QUYIDAGILARDA KO‘RINADI: birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u iqtisodiyotda faol rol o‘ynaydi. ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o‘laroq, AQSh iqtisodiyotida yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud.

13 Bu erda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya iqtisodiyotida ham 90% dan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda.

14 ARALASH IQTISODIYOT — BARCHA IQ TISODIY TIZIMLARNING MAQBUL TOMONLARINI O‘ZIDA MUJASSAMLASHTIRGAN IQTISODIY TIZIM. Aralash iqtisodiyot tizimida ishlab chiqarish resurslarining bir qismi davlat tasarrufida, qolganlari esa xususiy korxonalar va shaxslar qo‘lida bo‘ladi. Ba’zi turdagi tovar va mahsulotlar davlat tomonidan ishlab chiqarilsa, qolganlari xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. Shuningdek, aralash iqtisodiyotda davlat iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi kuch sifatida qatnashadi va shu bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligi ham ta’minlanadi. Shu bois, aralash iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning “qorishmasi”dan iborat iqtisodiyot deb atash mumkin. Hozirda dunyoning ko‘plab davlatlarida aralash iqtisodiyot tizimi hukm surmoqda. Bunga misol qilib, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Kanada kabi qator davlatlarni keltirish mumkin. Shunisi qiziqki, bu davlatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi borgan sari takomillashib bormoqda.

15 XULOSA


Download ppt "IJTIMOIY IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING MODELLARI ULUG’MURODOVA FERUZA."

Similar presentations


Ads by Google