Download presentation
Presentation is loading. Please wait.
Published byDilfuza Norqulova Modified about 1 year ago
1
Xarakter va uning shakllanishi. Reja: 1.Xarakter haqida tushuncha. 2. Xarakterning fiziologik asoslari. 3. Xarakterning tuzilishi. Xarakter
2
Xarakter haqida tushuncha Xarakter haqida tushuncha. Ma`lumki har bir odam har qanday boshqa odamdan o`zining individual xususiyatlari bialan ajralib turadi. Hayotda bunday farqlar kishining xarakteri bilan bog`liq deb tushuntiriladi. «Xarakter» - grekcha so`zdan olingan bo`lib, aynan tarjima qilganda "bosilgan tamg`a", "muhr" ma`nosini anglatadi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon bo`ladigan, tipik sharoitlarda yuzaga chiqadigan va shaxsning bu sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyatlar yig`indisi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, xarakterning har bir xislati tegishli tipik sharoitlardagina nomoyon bo`ladi. Buni shuning bilan tushuntirish mumkinki, xarakterning har bir xislatida odamning ma`lum sharoitlarga, voqealarning ma`lum tomonlariga bo`lgan munosabati ifodalanadi. Shu sababli bir o`quvchining o`zi o`zini turli sharoitlarda turlicha tutishi mumkin. Maktabda qurqoq, ikkilanuvchi, uyda chaqqon, dilkash, g`ayratli, mehmonda vazmin, o`ychan va h.k. Xarakter tug`ma bo`lmaydi.
3
Xarakterning fiziologik asoslari. Aaron Loeb CEO & Founder Alfredo Torres Project manager Juliana Silva CEO & Founder Daniel Gallego IT Expert Olivia Wilson Marketing Head
4
Xarakterning fiziologik asoslari. Biz kishi xarakterini ta’riflamoqchi bo’lganimizda, bu odam mardlik qildi yoki rostguylik, sofdillik ko’rsatdi demasdan, balki bu odam mard, rostgo’y, sofdil deb gapiramiz. Bu degan so’z, mardlik, to’g’rilik, sofdillik shu odamga xos fazilat, uning xarakter xislati degan so’zdirki, tegishli paytda mardlik, rostguylik, sofdillik ko’rsatishni biz muqarrar ravishda bu odamdan kuta olamiz. Agar biz bir kishining xarakter xususiyatini bilsak, bu odamning tegishli paytda qanday hatti-harakat ko’rsatishni oldindan to’g’ri tahmin qila yoki ayta olamiz. Kishi xarakteri tarkibiga kiradigan ayrim xislatlari ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotiga bog’liq holda, tarixiy ravishda vujudga kelgan va o’zgargan. Sinfiy jamiyatda xarakterning ham sinfiy xislatlari tarkib topgan. Kishilar xarakteridagi ayni bir xislatning o’zi turlicha ijtimoiy muhitda turlicha baholanadi: bir ijtimoiy sinf, bir tarixiy davr uchun ijobiy hisoblangan xarakter xususiyati ikkinchi bir sinf, ikkinchi bir ijtimoiy davr uchun salbiy bo’lib qoladi.
5
Kishi xarakterida markaziy o’rinni ishg’ol etadigan sifat lar mazkur odamning iroda sifatlari va ma’naviy qiyofa sida ifodalanadigan sifatlardir. Kishining xarakteri uning o’ziga xos xislatlarining maj muidir. Ana shu xislatlar orasida shu kishini jamiyat a’zo si sifatida xarakterlab beruvchi xususiyatlar eng muhim ahamiyatga egadir. Iroda bilan bog’liq xarakter xislatlari Kishidagi mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga ay lanib qolgan iroda sifatlari xarakterning iroda bilan bog’liq bo’lgan xislatlaridir. Shu sababli, xarakter haqidagi ta’limotda ham o’zini tuta bilish, dadillik, qat’iyat singari iroda sifatlari ustida yana to’xtalib o’tishga to’g’ri kela di. Lekin bu yerda biz ularning kishida ahyon-ahyonda ko’rinishi ustida emas, balki bunday sifatlar kishining shaxsiy fazilatlariga aylanib ketishligi to’g’risida, ularning ayrim kishi xarakteri xislatlari tariqasida namoyon bo’lishi haqida gapiramiz.
6
Xarakter va uning shakllanishi, namoyon bo’lishi uchun kishilarimizni o’rab olgan muhiti, turli faoliyatlarga turlicha munosabatlar, yashab turgan jamiyatimizdagi munosabatlar sabab bo’ladi. Bu esa xalqimizda yangicha xarakter xislatlarining shakllanishiga, asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelayotgan sahiylik, samimiylik, o’zaro hamkorlik, bir-biriga yordam, iffat, sharm-xayo, kamtarlik, mehmondo’stlik kabi sifatlar barqaror xususiyatlarga aylanib qolmoqda. Bu xususiyatlar yana avloddan- avlodga o’tadi va mazmun, sifat jihatidan o’zgaradi va u kishilarni o’z-o’ziga, jamiyatga, mehnatga, narsalar va hodisalarga bo’lgan munosabatlarda yangicha xarakter xislatlarni shakllantiradi. Zahmatkash xalqimizning xarakteridagi irodaviy, ahloqiy va fahm- farosatga bog’liq bo’lgan xislatlar mustaqillikni mustahkamlashda yana ham rivojlandi. Xarakterning bu sifatlari terorizmga qarshi kurashda, diniy aqidaparastlik, vahobizm, hyezbi-tahrir, narkomaniya va shu kabi illatlarga qarshi kurashda yaqqol namoyon bo’ldi. Qancha begunoh kishilarning yastig’i quridi, lekin xalqimiz o’zining matonati, qat’iyati bilan o’z xarakterini namoyon qildi. Xarakterning tuzilishi.
8
aksentuatsiya Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga etib va norma chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuatsiya “ortiqcha urg`u berilishi” deb ataladigan vaziyat paydo bo`ladi. Xarakterning ortiqcha urg`u berilishi – ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi chegarasidir. Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining fiziologik xususiyatlariga, xarakterning ko`rinishlariga o`z ta’sirini kursatadi, ularning paydo bo`lishi va kechishining dinamik xususiyatlarini belgilab beradi. Temperamentning xususiyatlari xarakterning muayyan tomonlari rivojlanishiga karshilik kursatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda flegmatik tipdagi odam o`zida tashabbuskorlik va kat’iylikni tarkib toptirishi qiyinrokdir. Jur’atsizlik va vaximalilikni bartaraf etish melanxolik uchun jiddiy muammo bo`lib xisoblanadi. Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda o`zini tuta bilishni va o`ziga tanqidiy ko`z bilan qarashni, sangviniklarda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xarakter xususiyatlarining paydo bo`lishi, uning tabiati, o`zgarishi mumkinligi yoki mumkin emasligi psixologlarning o`zok davom etib kelayotgan munozaralari mavzui bo`lib xisoblanadi.borib qolganda xarakterning bilan qarashni
9
E’tiboringiz uchun rahmat!
10
Foydalanilgan adabiyotlar 1.Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение» 1986 г 2. Гиппенрейтпер Ю. Б, Введение в общую психологию: Курс лекций: Учебное пособие для вузов. — М.: ЧеРо, 1997. 3. Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y 4. Джемс В. Психология.- М., 1991 5. Дружинин В. Н. Психология общих способностей. — 2-е изд. — СПб.: Питер, 1999.
Similar presentations
© 2025 SlidePlayer.com Inc.
All rights reserved.