Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

REJA: 1. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi fanining predmeti va vazifasi. 2. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi.

Similar presentations


Presentation on theme: "REJA: 1. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi fanining predmeti va vazifasi. 2. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi."— Presentation transcript:

1 REJA: 1. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi fanining predmeti va vazifasi. 2. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi fanini o‘qitishdan maqsad. 3. Ishonchlilikning asosiy atama va tariflari. Ishonchlilik muammolari. 4. Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi aniqlash. 1-MAVZU. FANNING VAZIFALARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. ASOSIY TUSHUNCHA VA TA‘RIFLAR. ISHONCHLILIK MUAMMOLARI.

2 1. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi fanining predmeti va vazifasi Hozirgi davrda xalq xo‘jaligida minglab har xil turdagi avtomatik vositalari ishlab turibdi. Shu sababli avtomatik vositalarining ishonchliligini oshirish katta ahamiyatga ega. Ishlatish davrida texnik xizmat va ta‘mirlash uchun ketadigan sarf xarajatlar avtomatik sistemasining boshlang‘ich narxidan ancha ortiq. Ishonchlilik muammosini hal qilish katta mablag‘larni tejash imkonini beradi. Texnik taraqqiyot avtomatik vositalarini loyihalash, ishlab chiqarish va ishlatish bo‘yicha ishonchlilik fani oldiga, ularni og‘ir sharoitda va tasodifiy holat vujudga kelganda ish qobiliyatini ta‘minlash, texnik holatini oldindan aytib berish, tahlil qilish va eng optimal konstruksion yechimlarni topish bo‘yicha topshiriqlar qo‘yadi.

3 Ishonchlilik fani texnik qurilma va sistemalar sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi va uning asosida eng kam sarf xarajatlar bilan ularning buzilmasdan himoya qilish hamda ishlash muddatlarini oshirish usullarini ishlab chiqadi. Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan vaqt o‘tishi bilan ob‘yektlarning sifat ko‘rsatkichlari (aniqlik, quvvat, unumdorlik, resurs va h.k.) o‘zgarishining jarayonini o‘rganadi. Lekin ko‘rsatkichlarning ma‘lum darajaga yetishishi masalalarini o‘rganmaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ishonchlilik fani va tadqiqotlari buzilishlar fizikasini o‘rganish bilan bog‘liq (yeyilganlik, charchash, mustahkamligi, zanglash). Bunda mustahkamlik, yeyilganlik, issiqlikka chidamlilik va h.k.lar hisob – kitob usullari bilan ishlab chiqiladi va avtomatlashtirish vositalarining kerakli ishonchliligini ta‘minlaydigan texnologik jarayonlar qo‘llaniladi.

4 1.Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi fanining vazifasi – talab qilingan ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ta‘minlash sharti bilan mashina (element) ning hisob-kitob usulini berishdir. Fanning vazifalari: - ishonchlilik va ishlash qobiliyatini ta‘minlashni o‘rganish va bilish hamda avtomatlashtirishning texnik vositalari ishonchliligini baholash va tahlil qilish usullari va vositalarini egallash; - diagnostika qilish sistemasi va avtomatlashtirishning texnik vositalarini ekspluatatsiya qilishdagi ishonchlilik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tassavvur hosil qilish; - avtomatlashtirishning texnik vositalari asosiy ekspluatatsion xarakteristikalarini tajribaviy aniqlash, hamda ekspluatatsiya sharoitida ma‘lumotlarni yig‘ish, ixchamlash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish

5 2. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi fanini o‘qitishdan maqsad Fanni o‘qitishdan maqsad – ishonchlilik nazariyasi va diagnostikasi bo‘yicha chuqur bilim olish va uning asosida avtomatlashtirishning texnik vositalarini ekspluatatsiyasi bo‘yicha ilmiy tarzda asoslangan uslub va me‘yorlarni ishlab chiqish va ularni amalda samarali qo‘llash. Ishonchlilik avtomatlashtirish vositalarining butun ekspluatatsiya davri davomida talab qilingan sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolishi xususiyatini bildiradi. Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan oldindan aniqlash optimal konstruktiv yechimlarini topish, texnologik jarayonni holatini oldindan aytib berish, uni diagnostika qilish, og‘ir sharoitlarda uning ish qobiliyatini ta‘minlash kabi yangi masalalarni qo‘yadi. Bu fan ehtimollik nazariyasi, matematik statistika, fizikkimyoviy, mexanik, ishqalanish va yeyilish nazariyasi, mashinalar dinamikasi va mustahkamligi, avtomatik boshqaruv va kibernetika, texnologik jarayonlar nazariyasi va diagnostikasi kabi fanlardan foydalanadi.

6 Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan mashinalar va turli texnik moslamalar sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi qonunlarini o‘rganadi va buning asosida ularning kerakli chidamlilik va buzilmasdan ishlashlik xossalarini ta‘minlaydigan usullarni ishlab chiqadi. Bu fan sistemalarning holatini oldindan aytib berish asosida va ishonchlilikning talab qilingan darajasini ta‘minlash maqsadida optimal yechimlarni qabul qilish nazariyasini ishlab chiqadi.

7 3. Ishonchlilikning asosiy atama va ta‘riflari. Ishonchlilik muammolari Ishonchlilik – deb avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarining ma‘lum ekspluatatsiya sharoitlarida o‘z vazifalarini normal bajarishini ta‘minlash xususiyatiga aytiladi. Buzilish – deb avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari ishlash qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi tushuniladi. Bu shunday holatki, bunda avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari o‘z vazifalarini me‘yoriy-texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan parametrlar talablari darajasida bajara olmaydi. Buzilmaslik xususiyati – avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarining ma‘lum vaqt yoki ma‘lum miqdorda jihoz ishlab chiqarish davrida o‘zining ishlash qobiliyatini uzluksiz saqlash xususiyatidir.

8 Buzilmasdan ishlash ehtimolligi – bu ma‘lum ekspluatatsiya sharoitlarida va belgilangan ish davomiyligi chegaralarida buzlishning sodir bo‘lmaslik ehtimolligidir. Uning qiymati tasodif kattalikdir, chunki unga juda ko‘p omillar ta‘sir qiladi (Operator yoki aparatchik ish sifati), shuning uchun uni baholashda ehtimollik tushunchasi ishlatiladi. Diagnoz qo‘yish – mexanizmning texnik holati to‘g‘risida xulosa chiqarish uning hozirgi vaqtda va navbatdagi ishlash muddatigacha bo‘lgan davrda ekspluatatsiya uchun yaroqliligini bilishdir. Demak, rejalashtirilgan diagnoz qo‘yilganda avtomatik boshqarish sistemasi turg‘un ishlashi, resursini prognozlash elementlarini o‘z ichiga oladi.

9 Oldindan aytib berish (texnik prognoz) – kelajakda bo‘ladigan texnik holatni va o‘tkaziladigan texnik ta‘sir yoki diagnoz davriyligini (masofasini) aytish. Texnik genetika – avvalgi vaqtdagi texnik holatni aniqlash (masalan, avariya oldi holati). Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi (ABS) deganda ma‘lum sohadagi kompyuterlar, sanoat kontrollerlari, dastgohlarni raqamli dasturiy boshqarish qurilmalari, sanoat robotlari, avtomatlashtirish qurilmalarini boshqarish qurilmalari va texnologik qurilmalar, birlashtiriladigan lokal hisoblash tarmoqlari va boshqaruvchi ma‘lumotlarni yig‘ishni ta‘minlovchi, qayta ishlovchi, saqlash va uzatish ma‘lumotlari tushuniladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemaning ishonchliligi va xavfsizligi deganda uning jarayon tuzilishi uchun ta‘sir ko‘rsatadigan tasodifiy va ataylab o‘zgartirishlardan va ma‘lumotlarga hujum qilinishidan (dastur ishonchliligi), to‘xtash berishlardan ishlash qobiliyati buzilishidan (apparat ishonchliligi) himoyalanishi tushuniladi.

10 Texnik sistema qurilmalarining ishonchliligi - uzluksiz ishlashi, ishlash qobiliyati, uzoq muddatlilik va saqlanuvchanlik bilan aniqlanadi. Uzluksizlik – bu sistemaning qanchadir vaqt mobaynida majburiy to‘xtalishlar paytida ishlash qobiliyatini baholanishi (vaqt va birinchi to‘xtashgacha bo‘lgan ish hajmi). Ishlash qobiliyati deganda sistemaning berilgan texnik hujjatli parametrlar bilan berilgan funksiya ishlashi asosida normal holatda ishlashi tushuniladi. sistemaning uzoq muddatliligi uning resursi (mumkin bo‘lgan holatgacha ishlashi) va ishlash muddati (mumkin bo‘lgan holatgacha elspluatatsiya qilinadigan kalendar davomiylikda) bilan aniqlanadi

11 Ta‘mirlashga moslik deganda sistemaning sozlanishiga ixtisoslashgani, yuzaga kelgan to‘xtalishlarni bartaraf qilishi tushuniladi. Avtomatlashgan sistemalar (AS) ta‘mirlansa bo‘ladigan va ta‘mirlab bo‘lmaydigan turlarga bo‘linadi. Ta‘mirlanadigan sistemalar ta‘mirlangandan so‘ng keyingi ekspluatatsiyalarida maqsadli va sistemaning ishlash effektivligi susayishi bilan aniqlanadigan xizmat qilish muddatiga ega bo‘ladi. Saqlanganlik deganda sistema parametlarini (uning tashkil qiluvchi elementlarni) ma‘lum bir shartlarda (harorat o‘zgarishida, namlik ta‘sir qilganda, vibratsiyada va boshqa) o‘zgarishsiz saqlanib qolinishi va saqlash, avtomatlashtirishirovka muddati xususiyatlari o‘zgarmasligiga aytiladi.

12 3. Ishonchlilik muammolari. Ishonchlilik muammosi prognozlash bilan bog‘liq. Avtomatik boshqarish sistemasi yaratilishining ilk bosqichlarida aniq ishlatish sharoitlari uchun ishonchlilikni baholash zarur. Ishonchlilik muammosining xususiyati – texnologik jarayonni loyihalash, o‘rnatish, ishga tushirish va undan foydalanish bosqichlari bilan chambarchas bog‘liqdir. 1) Texnologik jarayonni loyihalanayotganda va hisoblash ishlari olib borilayotganda ishonchlilikka asos solinadi; u avtomatik boshqarish sistemasi va texnologik liniyaning konstruksiyalari, materiallar va sovutish sistemalari va boshqa konstruktiv xususiyatlarga bog‘liq.

13 2) Texnologik jarayonni avtomatlashtirishda ishlab chiqarayotganda ishonchlilik ta‘minlanadi. U tayyorlangan detallar, chiqarilayotgan jihozni nazorat qilish usullari, texnologik jarayonni yig‘ish va sinash sifatlariga bog‘liqdir. 3) Avtomatik boshqarish sistemalarini ekspluatatsiya qilayotganda, uning ishonchliligi amalda namoyon bo‘ladi (buzilmasdan ishlash va chidamlilik ko‘rsatkichlari). Ular avtomatik boshqarish sistemasini ekspluatatsiya qilish usullari va sharoitlariga, agregatlarning ish rejimlariga va boshqa ekspluatatsiya omillariga bog‘liq

14 4. Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi. Avtomatlashtirish vositalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida iqtisodiy samaradorlikning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi ikkita omilga bog‘liq: 1. Yangi avtomatik boshqarish sistemasiga ketgan sarf-xarajatlar (loyihalash, ishlab-chiqarish, sinash, sozlash, tekshirish, avtomatlashtirish va h.k) – Q u ; va ekspluatatsiya sarf xarajatlari (profilaktika tadbirlari)- Q e. Q u + Q e - samaradorlik tarozisida manfiy son. 2. Avtomatik boshqarish sistemasidan foydalanish (daromat) musbat iqtisodiy samaradorlikni beradi (Q r ). Vaqt o‘tishi bilan Q e osha boshlaydi, chunki avtomatik boshqarish sistemasi eskiradi va u yo‘qotgan ish qobiliyatini tiklash uchun sarf-xarajatlar ko‘payadi.

15 Vaqt o‘tishi bilan Q r ning o‘sish sur‘ati kamayadi, chunki avtomatik boshqarish sistemasini ta‘mirlashda turib qolishi uning unumdorligini kamaytiradi. Shuning uchun ham samaradorlik chizig‘i eng yuqori nuqtaga ega va ikki marta absissa o‘qini kesib o‘tadi. Q m =Q r (t)- (Q u + Q e (t)) Q ning o‘sishi bilan t =T tq ga teng bo‘lgan vaqtda, Q u + Q e = Q r Bu yerda: T tq - sarf-xarajatlarni qoplash muddati. Shunda avtomatik boshqarish sistemasini ishlab chiqishga ketgan xarajatlar qoplangan bo‘ladi. t =T tq dan boshlab avtomatik boshqarish sistemasi foyda keltirishni boshlaydi. Lekin olinadigan foydaning o‘sishi eksaluatatsiya xarajatlari t=T ox gacha bo‘lgan vaqtda kamayadi (T ox - avtomatik boshqarish sistemasi ishlashining chegaraviy muddati)

16 1-rasm. Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi vaqt bо‘yicha o‘zgarishi: L t.q – avtomatik boshqarish sistemasining tannarxini qoplash vaqti, soat; L ox – avtomatik boshqarish sistemasining oxirgi holatigacha ishlash muddati; L max – eng yuqori samaradorlikka erishilgan vaqti, soat; L e – avtomatik boshqarish sistemasini ekspluatatsiya qilishda iqtisodiy maqbul vaqti, soat.

17 Bunda yana Q u + Q e = Q r holatiga ega bo‘lamiz. t>T ox bo‘lsa, ekspluatatsiya xarajatlari olinadigan foydadan katta. Demak, avtomatik boshqarish sistemasi variantini ishonchlilik nuqtai nazaridan tanlanayotganda uni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish xarajatlaridan olinadigan foyda bilan taqqoslash kerak. Avtomatik boshqarish sistemasi ishonchliligini baholayotganda iqtisodiy mezon asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy maqsadga muvofiq daraja deb- eng yaxshi variant va eng maksimum samaradorlikka ega, yillik iqtisodiy samaradorlikga aytiladi. Ya‘ni: E H = (∆C P - E H ∆k)→max ∆C P - tan narx evaziga yillik iqtisod, E H -qo‘yilgan kapitalning normalashtirilgan koef. Qo‘shimcha samara sifatida sistemaning yaroqlilik muddati ko‘rsatiladi E T = (∆C D - T E ∆k)→max ∆C D T E -tannarx evaziga iqtisod ∆C D (amortizatsiya chiqimi hisobgaolinmaganda); ∆k- qo‘shimcha kapital xarajatlar; T E - ekvivalent yaroqlilik muddati;


Download ppt "REJA: 1. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi fanining predmeti va vazifasi. 2. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi."

Similar presentations


Ads by Google