Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

Davlatning pul kredit siyosati maqsadi va dastaklari.

Similar presentations


Presentation on theme: "Davlatning pul kredit siyosati maqsadi va dastaklari."— Presentation transcript:

1 Davlatning pul kredit siyosati maqsadi va dastaklari

2 Reja: Kirish Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo’lgan talab va pul taklifi. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari O'zbekistonda pul-kredit sohasida so’nggi yillarda amalda oshirilgan ishlar Xulosa

3 Kirish  Pul kredit siyosati deganda,to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirin kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora tadbirdir.Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va u Markaziy Bank tomonidan amalga oshiriladi.Uning yordamida har qanday davlat iqtisodiy barqarorlikka erishadi.Pul kredit siyosatini amalga oshirishda pirovard maqsadi iqtisodiy o’sish, to’liq bandlik,baholarni va to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat

4 Mavzuning dolzarbligi:  Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul- kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta ’sir ko’rsatadi. Faraz qilamizki, iqtisodiyotda.ishlab.chiqarish q isqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitd a davlat.Markaziy bank orqali pul taklifini bir.qancha vositalar.yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul t aklifi o’sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyal arga bo’lgan talabni oshiradi va o’z navbatida, YaIM miqd orining ko’payishiga olib keladi  Bu bilan davlat ma’lum davrda o’z maqsadiga erishadi, i shlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtaydi, ishsizlar soni. kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.Bu holat o’z o’zidan mavzuning dolzarbligini keltirib chiqaradi.

5  Mavzu ishining obekti. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining olib borayotgan tasdiqlangan pul-krediti siyosati.  Mavzu ishining predmeti. O’rganib chiqilgan qo’llanmalar, uslubiyatlar, qo’llanmalar va maqolalar.  Mazuning maqsadi. Mavzuda keltirilgan ma’lumotlardan foydalangan holda umumiy fikr chiqazgan holda pul-krediti siyosatini amaliyotda qo’llagan holda takliflar yaratib uni mukammalashtirishdir.

6 Pul kredit siyosati. Pul kredit siyosati infilatsiya Pul massasi Foiz stavkalari Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning ob’ekti bo’lib, pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit institutlarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining

7 Pul kredit siyosati 3 ta asosiy vositasi mavjud: Hisob stavkasi. Majburiy zahiralar normasi. Ochiq bozordagi operassiyalar.

8 Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mexanizmlari (inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishning ahamiyati)  Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi bo‘lishini hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va mexanizmlarni talab etadi.

9 Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi Monetar targetlash rejimi Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi. Inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq mo‘ljallarga qarab farqlanadi. Monetar targetlash rejimi Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari o‘zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.

10 Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o‘zgarishlari kuzatilgan rivojlanayotgan va o‘tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko‘llanilgan. Bunda inflyatsiya bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlarni belgilashda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. 1994 yildan boshlab 1 O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati ham pul massasining keskin o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratildi. Bunda rezerv pullar va pul massasining o‘zgarishi operatsion hamda oraliq mo‘ljallar sifatida qo‘llanildi. Mazkur rejim rasman monetar targetlash deb tasniflansa-da, amaliyotda milliy valyutaning almashuv kursini dollarga bog‘lash orqali bosqichma-bosqich devalvatsiya qilib borilganligi tufayli ba’zi xalqaro institutlar va mutaxassislar tomonidan ushbu rejim aralash turga kiritilgan.

11 Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan. Umuman olganda, ushbu omillar ta’sirida pul massasi tez sur’atlarda oshishining oldi olingan

12 Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida inflyatsiya darajasi, YaIM deflyatori va pul massasi o‘zgarishi o‘rtasida aniq va barqaror o‘zaro bog‘liqliklar aniqlanmadi. Pul aylanish tezligi va pul multiplikatori ko‘rsatkichlari o‘zgarishi ham ushbu ko‘rsatkichlar dinamikasining o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanligini, pul-kredit ko‘rsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda xatoliklarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.

13 Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan mo‘tadil darajada o‘sishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniq bog‘liqlikning mavjud emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini bermaydi

14 Valyuta kursini targetlash rejimi Valyuta kursini targetlash rejimi milliy valyuta ayirboshlash kursini past va barqaror inflyatsiya darajasiga ega rivojlangan davlatlar valyutasiga bog‘lashni nazarda tutadi. Shuningdek, valyuta kursini targetlashning milliy valyuta ayirboshlash kursi tebranishi mumkin bo‘lgan gorizontal va shartli koridorlarni o‘rnatish hamda real ayirboshlash kursini asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalari savatchasiga nisbatan targetlash kabi turlari ham mavjud. Valyuta kursini targetlash rejimi iqtisodiyoti eksport, ayniqsa, xom-ashyo tovarlari eksportiga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, iste’mol savatida import tovarlari yuqori ulushni tashkil qilgan mamlakatlarda faol qo‘llaniladi. Mazkur rejim iqtisodiy inqiroz kuzatilgan davrlarda inflyatsiya darajasini tez va samarali pasaytirish imkonini beradi. Bunda pul-kredit siyosati faqatgina ayirboshlash kursining maqsadli darajasini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Jumladan, valyuta kursi qadrsizlanganda qat’iy pul-kredit siyosati, valyutaning qadri maqsadli darajadan ko‘proq oshganda yumshoq pul-kredit siyosati yuritiladi.

15 Inflyatsion targetlash rejimi Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida markaziy bank tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e’lon qilinadi va pul-kredit instrumentlari ushbu inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga erishishga yo‘naltiriladi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning mazkur usuli ko‘pgina rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Inflyatsion targetlash rejimi inflyatsiya darajasining o‘zgaruvchanligi va inersion davomiyligini kamaytirishning samarali usuli hisoblanib, o‘rta muddatli istiqbolda barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishga erishish uchun kulay sharoitlarni yaratadi. Inflyatsion targetlash rejimi dastlab 1989 yilda Yangi Zelandiyada amaliyotga joriy qilingan. Bugungi kunga kelib dunyoning 30 dan ortiq davlatlari, jumladan, Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Kanada, Polsha, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya, Chexiya kabi davlatlar pul-kredit siyosatining mazkur rejimidan foydalaniladilar.

16 O‘zbekistonda inflyatsion targetlash rejimini joriy etish istiqbollari Barqaror iqtisodiy rivojlanish va makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish usullarining bozor instrumentlaridan foydalanish asosida tubdan qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash pul-kredit siyosatining bosh maqsadi sifatida belgilandi. Bunda inflyatsiya sur’atini pasaytirish va uni past darajada saqlab turish o‘rta muddatli istiqbolda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda asosiy shart sifatida qaraladi. Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi pul-kredit siyosatining tamoyil va usullarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlashga qaratish uchun zarur bo‘lgan asosni yaratadi. O‘rta va uzoq muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlashda inflyatsion targetlash samarali usul hisoblanadi.

17 Xalqaro tajribaga asosan, inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha makroiqtisodiy sharoitlar mavjudligini va kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini talab qiladi: 1. pul-kredit siyosatini yuritish, ya’ni transmission mexanizm samaradorligini oshirish; 2. valyuta bozori faoliyatini yanada liberallashtirish va takomillashtirish; 3. pul-kredit siyosatining mavjud instrumentlarini takomillashtirish va yangi zamonaviy bozor instrumentlarini joriy etish; 4. banklararo pul bozori faoliyatining shaffofligini oshirish va rivojlantirish; 5. makroiqtisodiy prognozlash va tahlil qilish salohiyatini mustahkamlash; 6. pul-kredit siyosatining pirovard maqsadi va qo‘llaniladigan instrumentlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida pul-kredit siyosatining aniqligi va shaffofligini oshirish; 7. kommunikatsion siyosatni takomillashtirish; 8. Markaziy bankning institutsional bazasini rivojlantirish; 9. moliya bozorini, shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish; 10. makroiqtisodiy siyosatni samarali muvofiqlashtirish; 11. iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish

18 Asosiy kanallar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: foiz kanali; kredit kanali; valyuta kursi kanali; inflyatsion kutilmalar kanali; aktivlar bahosi kanali.

19 Foiz kanali pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’sir etuvchi an’anaviy kanali hisoblanadi. Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi iqtisodiyotdagi umumiy foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatib, investitsiya/jamg‘arma darajasini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotdagi yalpi talabning o‘zgarishiga olib keladi. Yalpi talabning o‘zgarishi, o‘z navbatida, inflyatsiya darajasiga ta’sir etadi. Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi va yalpi talab orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmasada, foiz stavkasi o‘zgarishining ta’siri boshqa kanallar orqali ham amalga oshadi. Kredit kanali pul-kredit siyosatining asosiy ta’sir kanallaridan biri bo‘lib, ushbu kanal orqali foiz stavkasi iqtisodiyotning real sektoridagi jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mazkur kanalning samaradorligi ko‘p jihatdan kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifning Markaziy bank foiz stavkalarining o‘zgarishiga nisbatan ta’sirchanligiga bog‘liq hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiyotdagi pul massasi oshishining asosiy qismi kredit kanali hissasiga to‘g‘ri kelganligi bois, uning o‘zgarishi ichki bozordagi narxlar darajasiga o‘zining salmoqli ta’sir ko‘rsatadi.

20 Valyuta kursi kanali. Mazkur kanal ta’siri pul-kredit siyosati shartlarining o‘zgarishi natijasida almashuv kursining ichki hamda tashqi tovar va xizmatlarga bo‘lgan nisbiy talabning o‘zgarishi orqali namoyon bo‘ladi. Boshqa tomondan, Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi milliy valyutadagi moliyaviy aktivlar daromadlilik darajasining mos ravishda o‘zgarishiga olib kelib, almashuv kursiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Inflyatsion kutilmalar kanali pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimi doirasida amalga oshirilishida inobatga olinishi lozim bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy jarayonlar ishtirokchilari qarorlar qabul qilishlarida nafaqat real bozor sharoitlarini, balki ularning kelajakdagi o‘zgarish ehtimolini ham inobatga olishlarida inflyatsion kutilmalar kanali asosiy ahamiyat kasb etadi. Xususan, korxona va tadbirkorlar narxlarni o‘rnatishlari va kelajakda ish haqi o‘zgarishini baholashlari uchun inflyatsion kutilmalar muhim hisoblanadi.

21 Pul-kredit siyosatining oraliq rejimi Xorijiy mamlakatlarning inflyatsion targetlashga o‘tish tajribasi ushbu rejimga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish tadbirlarini yakunlash uchun talab etiladigan uzoq muddatni inobatga olib oraliq davrda amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati narxlar barqarorligini ta’minlash va zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini qamrab oladi. Inflyatsion targetlashga o‘tish davrida asosiy e’tibor 2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish va inflyatsion targetlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksida ko‘zda tutilgan rejalarni to‘laqonli bajarilishini ta’minlashga, iqtisodiy islohotlar davrida inflyatsion bosim va risklarning oldini olishga hamda iqtisodiy- huquqiy bazani mustahkamlashga qaratiladi. Xususan, qonunchilik asoslarini mustahkamlash borasidagi tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni o‘z ichiga oladi.

22 Inflyatsion targetlash rejimini joriy qilish bo‘yicha mavjud muammolar, xatarlar va cheklovlar Inflyatsion targetlashga o‘tishning huquqiy asoslari yaratilganligi hamda pul-kredit siyosatining tamoyil va mexanizmlarini amaliy jihatdan qayta ko‘rib chiqish jarayonining boshlanganligiga qaramasdan, ushbu rejimga to‘laqonli o‘tish qator xatar va cheklovlar hisobiga qiyinlashadi. Xususan, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar inflyatsion kutilmalarining barqaror yuqori darajada saqlanib qolayotganligi inflyatsion targetlashga muvaffaqiyatli o‘tish jarayonidagi asosiy cheklovlardan biri hisoblanadi. Bunda iqtisodiyotning barcha sektorlarini erkinlashtirish davrida inflyatsion bosimning oshishi inflyatsion xatarlar saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Inflyatsion kutilmalarning o‘tgan yillardagi narxlar dinamikasi asosida shakllanishini hisobga olganda, iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni pasaytirish va barqarorlashtirish o‘tish davridagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

23 Davlat qarz majburiyatlarining muomalada mavjud emasligi Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirish hamda bank sektorining ushbu qarz instrumentlaridan garov ta’minoti sifatida foydalanib, qisqa muddatli likvidlikni jalb qilish imkoniyatlarini cheklaydi. So‘nggi yillarda Davlat byudjeti balanslashgan holda ijro etilishi sharoitida davlat qarz majburiyatlarini chiqarishning ob’ektiv sabablari mavjud emasligiga qaramasdan, investitsion, shu jumladan, hududiy va tarmoqlar rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va maqbullashtirishda qarz qimmatli qog‘ozlarining afzalligi ularni yaqin istiqbolda muomalaga chiqarish uchun asos bo‘lishi mumkin. Tashqi iqtisodiy xatarlar ko‘p jihatdan eksport tarkibi va iqtisodiyotga valyuta tushumlari dinamikasi bilan bog‘liq hisoblanadi. Bunday holatlarda, qimmatbaho metallar bozoridagi narxlar o‘zgarishi hisobiga hamda qo‘shni mamlakatlar va asosiy savdo hamkor davlatlardagi iqtisodiy muammolar natijasida yuzaga keluvchi xatarlarni minimallashtirish talab etiladi

24 Xulosa: Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi. Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi. Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi.


Download ppt "Davlatning pul kredit siyosati maqsadi va dastaklari."

Similar presentations


Ads by Google