Download presentation
Presentation is loading. Please wait.
Published byMALIKA SHONIYOZOVA Modified about 1 year ago
1
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO`NALISH (SIRTQI) 2-KURS 122-GURUH TALABASI SHONIYOZOVA MALIKANING IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN TAQDIMOTI
2
REJA: Fiskal siyosat Fiskal funksiya To'g'ri va egri soliqlar Fiskal siyosat
3
ISHLAB CHIQARISH DARAJASI Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish darajasi, daromad, xarajat va narh kabilar tarixan Qo‘shma Shtatlar biznes sikli deb nomlanuvchi namunada yuqoriga va pastga tebranib turgan. Ba’zi vaqtlarda ishlab chiqarish, daromad va xaraja pasayganda ishsizlik o‘sgan. Boshqa vaqtlarda ishlab chiqarishning, daromadning va xarajatlarning ortiqcha o‘sib ketishi natijasida inflatsiya narh darajasining tezlik bilan o‘sishi yuzaga kelgan.
4
Iqtisodiy faoliyatning ushbu o‘sish va pasayishlarini yuzaga kelishi xarajatlarda boshlanyich o‘zgarishlar iqtisodiyotda zanjirsimon reksiya boshlab yuboradi. Buning natijasida ko‘payish samarasi yuzaga keladi. Bir iqtisodiy birlik (biznes, isteomolchi, xukumat) xarajatlarining (pastga yoki yuqoriga) o‘zgarishi boshqa birlikning daromadiga ta’sir qiladi. Bu o‘z o‘rnida o‘sha birlikning xarajatlaridagi o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘z o‘rnida keyingisiningg daromadiga ta’sir qiladi va bu jarayon butun iqtisodiyotda davom etadi. Yalpi o‘zgarish natijasi boshlanyich o‘zgarishga nisbatan bir necha marotaba kattaroqdir. Iqtisodiy faoliyatning ushbu nobarqaror o‘sishi va pasayishlari og‘ir ehtiyojga va turmush darajasining o‘sishi va pasayishiga olib keladi. 1936 yilda Britaniyalik iqtisodchi Djan Maynard Keyns «Umumiy nazariya»sini nashr qildi.
5
Bu xukumatlarni xarajatlari va soliq kuchlaridan foydalanishga chorlaydi. Birja sikli va iqtisodiy o‘sishga rabatlantirishi yo‘lga qo‘yish uchun biznes va isteomolchilarning xarajatlari o‘zgarishiga qarshi chiqadi. Keyins iqtisodiyotini qabul qilish bilan, II jahon Urushining oxirida Kongress 1946 yilda Ishsizlik xarakatini guvohi bo‘ldi, ya’ni bu Federal xukumatning barcha amaliy tushunchalaridan foydalanish uchun davom etuvchi siyosati va javobgarligidir. Bu ishchilar, ishlab chiqarishdan va xarid qilish qobiliyatidan maksimal foydalanish uchun amalga oshiriladi. Bu yangi barqarorlashtirish Federal hukumat budjetini maqsadli nobalanslashtirishni o‘ziga jalb etadi, ya’ni ishsizlikni olib keluvchi defitsitning yuqori bo‘lishini (xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi) yoki inflatsiyani kamaytirishda ortiqchalikni kelib chiqishini (daromaddan kam sarflash). Bu harakatlarni fiskal siyosati deb nomlanadi.
6
Fiskal siyosat qarama-qarshiliklarni va kutulmagan natijalarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, xukumatga sarf-xarajatlarni oshirib, soliqlarni kamaytirish orqali defitsitni olib kelishiga hamda xarajatlarni ushlab turish va budjet qarorini qabul qiluvchilardan siyosiy masouliyatni ko‘chirishga yo‘l qo‘yishi mumkin (Bu Federal Hukumat defitsitining shiddatli oshishiga hamda katta miqdordagi daromad defitsitiga olib keladi). Shuningdek, bu davlat soliqdan ortiq sarflangan xarajatlarni qoplash uchun pul qarz olishi keraklini ham anglatadi. Bu olingan qarz millatda jamyarish stavkalarini yuqoriroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli tadbirkorlar hamda isteomolchilarning qarz olishi va saflashi, ko‘zda tutilganidek, kamroq bo‘ladi
7
Xar qanday iqtisodiy kategoriyaning bajaradigan funksiyasi bo'ladi. Funksiya - bu soliq kategoriyasining amaliyotdagi xarakatidir va soliqlarning moxiyatini ochib beradi. Funksiya deganda kategoriyaning xaetda ko'p tarkaladigan va takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunamiz. Bizni fikrimizga kura soliq quyidagi funksiyalarni bajaradi: - xazina (fiskal) funksiyasi: "Fiskal funksiyasi "Rag'batlantirish funksiyasi "Nazorat funksiyalari mavjuddir. Ayrim iqtisodchilar fikrlari bo'yicha taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solishlarni xam ko'shadilar. Lyokin bizni fikrimizga kura soliqlar asosan 3 - ta funksiyani bajaradi, taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solish asosan uchta funksiyani ichiga kirib ketadi. Xazina (fiskal) funksiyasi. Fiskal (lotincha Fiscus so'zidan olingan bo'lib, gazna degan mahnoni anglatadi) xusuiyatiga ega ekanligidir.
8
Fiskal funksiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga keltiradi. Byudjet daromadlarini ta’minlash soliq tizimi vazifalaridan bittasi xolos. Soliq tizimi ana shu vazifani xal etar ekan, jamgarma va ishlab chiqarishning usish jarayonlariga tuskinlik kilmasligi, ijtimoiy adolatni bo'zmasligi, xalq xo'jaligi to'zilishida buzilishlar va chetga chikishlar sodir bo'lishiga yo'l kuymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi zarur. Bozor munosabatlarning shakllanishi va riaojlanishi sharoitida aynan soliqlar davlatning iqtisodiyotiga ta’sir o'tkazishdan asosiy vositalardan biri bo'lib kolmokda. Davlatning iqtisodiy funksiyasi orqali xalq xo'jaligining rivojlantirishni rag'batlantiriladi, shuning barobarida uning xazina (fiskal) funksiyasi uchun bazani kengaytiriladi. Oqilona tashkil etilgan davlat soliq siyosati soliqlarining rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarishni rag'batlantirish, rivojlantirishlar olib boriladi.
9
Soliqlarning izga solib turuvchi sifatidagi funksiyasining axamiyati bozor sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yuk bo'lib ketadi yoki juda oz xolda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko’rsatmalar va buyruklar yerdamida idora qilish huquqiga ega bo'lgan "yuqori tashkilot" tushunchasining o'zi asta-sekin yo'qola bordi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun makbo'l bo'lgan yunalishda rag'batlantirish zaruriyati saklanib qoladi. Shunday qilib, soliqlarning rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarish korxonalar yangi tashkil etilgan paytlarida soliqlardan ozod etiladi va boshqa imtiyozlar beriladi. Bu funksiyasi orqali ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarga imtiyozlar berish orqali ularning moliyaviy- iqtisodiy axvolini yaxshilashga xizmat qiladi.
10
Soliqlarning nazorat funksiyasiga kelsak, bu funksiya orqali soliqlar ijtimioy maxsulot qiymatini qanchaga tushganligi, milliy daromadning salmogini nazorat qilib bilib olgandan so'ng undan qancha qismini soliqlar orqali byudjetga tuplash zarurligi, ularning obyektlarini, soliq to'lovchilarini, soliq stavkalarini to'g'ri belgalish hamda soliqlarni o'z vaqtida to'g'ri xisoblab byudjetga o'tkazish jarayonini nazorat qilib boradi. Bu nazorat doimo taqsimlash funksiyasi bilan yonma-yon olib boriladi. Soliqlarning nazorat funksiyasi ba’zan taqsimlash funksiyasidan xam kengayib ketadi. Chunki taqsimlashda faqat pul munosabatlari bilan chegaralanib qolinsa, soliqlarning nazorat funksiyasi pul munosabatlari orqali taqsimlashdan tashqari soliq obyektilarini buyum shaklida xam to'liqligi, maxsulotlar koldiklari xom ashe va yoqilgilardan boshqa manbalardan foydalanish ustidan xam nazoratga aylanadi. Demak, soliqlarning nazorat funksiyasi soliq idoralarini xodimlarining kundalik olib boradigan umumiqtisodiy nazoratining nazariy asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq idoralarining nazorati asosan yagona iqtisodiy qonunlar talabiga javob beradigan nazoratga aylanadi.
Similar presentations
© 2025 SlidePlayer.com Inc.
All rights reserved.