Download presentation
Presentation is loading. Please wait.
Published bySayfiyeva Yulduz Modified about 1 year ago
1
Mustaqil O'zbekistonda ijtimoiy hayot, ta'lim- tarbiya va pedagogik fikrlar O‘qituvchi: Sayfiyeva Yulduz
2
Reja: 1.O’zbekistondagi ijtimoiy hayot 2.O’zbekistondagi ta’lim tizimi (Uzluksiz ta’lim) 3.O’zbekistondagi ijtimoiy pedagogik fikrlar
3
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, so‘z va diniy e’tiqod erkinligi, gender tenglik bo‘yicha erishayotgan yutuqlarimiz nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil mustahkamlanib bormoqda.Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagani hammamizga ma’lum. Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lig‘ini saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilmoqda.
4
Ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning aniq manzilli xususiyatga ega ekani har bir muhtoj insonga uning real ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda. Bunda ushbu toifaga mansub hech bir inson e’tibordan chetda qolmasligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shu asosda jamiyatimizning ijtimoiy manzarasi butunlay o‘zgarmoqda, samarali boshqaruvning natijadorligi oshmoqda, eng muhimi, odamlarning hayotga, mehnatga, o‘zining taqdiri va ertangi kunga ishonchi ortmoqda. Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga xos tizimi yaratildi. Keyingi paytda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda.
5
Shu asosda muammoga oid mavhum ko‘rsatkichlar emas, balki yordam va ko‘makka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari o‘z joyida aniq o‘rganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda. Bugungi kunda xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish, buning uchun yangi ish o‘rinlari, daromad manbalarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, qishloq va shaharlarimizni obod qilish iqtisodiy strategiyamizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Keksalar, nogironlar, og‘ir ahvolga tushib qolgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu an’analar bugungi kunda yangicha ma’no-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib, takomillashib bormoqda. Bu borada, ayniqsa, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar o‘z ijobiy natijasini bermoqda.
6
“Mehribonlik uylari” va maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi. Ana shunday o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi tizim – “Mehr daftari” joriy etildi. Shuningdek, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi.
7
Keyingi besh yilda oliy ta’limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo‘lish imkoniyati yaratildi. Bu – umumiy qamrov 28 foizga yetdi. Bizga ma’lumki, bundan 4 yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi. Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko‘paytirildi ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham 2 ming nafariga bu yil oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratildi. 2030 yilga qadar bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazish reja qilinmoqda. Mamlakatimizda uzluksiz milliy ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg‘un va mutanosib rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Oxirgi 5 yilda bolalarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ilgarigi 27,7 foizdan 2 barobar ortib, 60 foizga yetgan, bog‘chalar soni esa 3 marta ko‘payib, 14 mingdan oshdi. Qishloqlarda ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularga 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ajratish boshlandi. Yoshlar o‘rtasida kambag‘allikni kamaytirish, ularni o‘zini o‘zi band qilishga rag‘batlantirishda “Yoshlar daftari”, yoshlar dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Temir daftar”dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabaning kontrakt pullari to‘lab berildi. Yurtimizda ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim-tarbiya olishi, ish joyi va uyiga ega bo‘lishi, jamiyatda munosib o‘rin topishi, “Mehribonlik uylari”, maxsus maktab-internatlar va “Bolalar shaharchasi”ning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlashga jiddiy e’tibor berilmoqda.
8
Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'min-lovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar xam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
9
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi: 1. maktabgacha ta’lim 2. umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’limi 3. professional ta`lim 4. oliy ta’lim 5. oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim 6. kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 7. maktabdan tashqari ta’lim.
10
Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti- yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. MAKTABGACHA TA'LIM
11
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish iozim bo'ladi: 1 malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; 2 maktabgacha ta'limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; 3 bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta'minlash; 4 zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; 5 o'quvchilarning unumli mehnati, ya'ni ijtimoiy-foydali ish-larni o'zlariga mos shakllarda yo'lga qo'yish. 6 maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; 7 maktabgacha tarbiya muassasalarining har xil turiari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiya-ning barcha masalalari bo'yicha malakali konsultatsiya xizmati ko'rsatish imkoniyatini yaratish; 8 maktabgacha tarbiya va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini qo'llab-quwatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.
12
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
13
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan. tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar); Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat: boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar); o‘rta ta’lim (X — XI sinflar). Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi. UMUMIY O’RTA, O’RTA MAXSUS TA'LIM
14
Umumiy o‘rta ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi. O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-xunarga va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘lov-shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Iqtidorli va iste’dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident, ijod va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil etilishi mumkin. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim oluvchilar soni o‘ttiz besh nafardan oshmasligi kerak.
15
PROFESSIONAL TA’LIM
16
boshlang‘ich professional ta’lim;o‘rta professional ta’lim;o‘rta maxsus professional ta’lim. Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi:
17
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi. O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi. O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan fuqarolar ham o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim olish huquqiga ega. Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o‘zi tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi. Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni olish huquqiga ega.
18
OLIY TA’LIM
19
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega. Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir. Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi. OLIY TA'LIM
20
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
21
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy- pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi. Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
22
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
23
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
24
Maktabdan tashqari ta’lim
25
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan. Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi. Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
26
eksternat tartibidagi ta’lim; inklyuziv ta’lim; katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; dual ta’lim; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
27
Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish prinsiplari ta'limning ustuvorligi — uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak intellektning nufuzi; ta'limning demokratlashuvi — ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat- jamiyat tizimiga o'tilishi; ta'limning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta'limiga nisbatan bo'lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining a'minlanishi, inson, jamiyat va atrof- muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi; ta'limning ijtimoiylashuvi — ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi- bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash- ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. ta'limning milliy yo'naltirilganligi — ta'limning milliy tarix, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
Similar presentations
© 2025 SlidePlayer.com Inc.
All rights reserved.