Download presentation
Presentation is loading. Please wait.
Published byJamshid Atamuradov Modified about 1 year ago
1
MA’RUZA №1: KOMPYUTERNING ARXITEKTURASI HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR.
2
REJA: Komp’yuterning yuzaga kelishi Komp’yuterning rivojlanish bosqichlari Komp’yuter xonasiga bo’lgan sanitariya va gigienik talablar Komp’yuter xonasiga bo’lgan sanitariya va gigienik talablar Foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqotni to’g’ri tashkil etish Foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqotni to’g’ri tashkil etish Tayanch iboralar: universal, analogli, integral sxemalar, yarim utkazgichli, optoelektronli, perfokarta, tezkor xotira, display, mantiqiy element.
3
Kompyuter - inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma`lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – komp’yuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma`lumotlarni qayta ishlashdan iborat. 1.1. KOMPYUTERNING YUZAGA KELISHI
4
Shaxsiy kompyuterlar ilgari universal deb hisoblangan komp’yuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni echish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda komp’yuter termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat komp’yuter terminidan foydalanamiz.
5
1.2. KOMP’YUTERNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Informatika fanini rivojlanishiga XX asrda yaratilgan EHMlar, komp’yuterlar sezilarli darajada ta`sir o’tkazdi. EHM – informatsiya bilan ishlash uchun universal texnik vosita. Uning hayotimizga kirib kelishi axborotlarni saqlash, ishlov berish va uzatish sohasida tub burilish yasadi. Bu burilish moddiy ishlab chiqarish soxasidagina emas, balki hayotning intellektual, ma`naviy sohasini ham qamrab oldi.
6
EHM yaratilishi va elementli asoslaridan foydalanish bosqichlari bo’yicha shartli ravishda quyidagi avlodlarga bulinadi: 1-avlod, 1950 yillar. Elektron vakuum lampalarda ishlovchi EHMlar. 2-avlod, 1960 yillar. Diskret yarim o’tkazgichli asboblar, ya`ni tranzistorlarda ishlovchi EHMlar. tarmog’i bo’lgan optoelektronli EHMlar. 3-avlod, 1970 yillar. Kichik va o’ta yuqori darajada integratsiyasi bo’lgan yarim utkazgichli integral sxemalarda ishlovchi EHMlar. 4-avlod, 1980 yillar. Katta va o’ta katta integral sxemalar-mikroprotsessorlarda ishlovchi EHMlar. 5-avlod, 1990 yillar. Bilimlarni qayta ishlashning samarali tizimlarini ko’rishga imkon beruvchi, bir qancha o’nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlari bo’lgan EHMlar. 6-va undan keyingi avlodlar. Ommaviy parallelizm va neyron tuzilmali - neyronli biologik tizimlar tuzilishini modellashtiruvchi, uncha murakkab bo’lmagan mikroprotsessorlar ko’p sonli taqsimlash
7
Komp`yuter texnikasi rivojlanishida asosiy sanalar: 1623 yil - Uilyam Shikard tomonidan yaratilgan birinchi hisoblash mashina. Bu juda ulkan apparat 7 xonalik sonlar bilan qo`shish va ayrish amallarini bajara olgan. 1642 yil amalda birinchi deb hisoblangan 5 xonali sonlar ustida qo`shish ayirish amallarini bajargan Blez Paskalning hisoblash mashinasi dunyoga kelgan. 1668 yil - moliyaviy hisoblashlarni bajarishga mo`ljallangan Semyuel Morlandning hisobchisi paydo bo`ldi. 1674 yil - nafaqat qo`shish va ayirishni balki ko`paytirish amlini ham bajara olgan Vilyam Gofrid Fon Leybnicning mexanik hisob mashinasi yaratildi. 1820 yil - birinchi kalkulyator Sharlde Kolmorni arifmometri u o`zining takomillashgan variantlari bilan 90-yil bu erda talabga ega bo`ldi. 1834 yil – Charz Bebjning mashhur «Analitik mashinasi» - Perfokartada yozilgan oddiy dasturlar bilan ishlovchi mantiqiy amallarni bajaruvchi birinchi hisoblash mashinasi ishlab chaqarildi.
8
1642 yil amalda birinchi deb hisoblangan 5 xonali sonlar ustida qo`shish ayirish amallarini bajargan Blez Paskalning hisoblash mashinasi dunyoga kelgan. 1668 yil - moliyaviy hisoblashlarni bajarishga mo`ljallangan Semyuel Morlandning hisobchisi paydo bo`ldi. 1674 yil - nafaqat qo`shish va ayirishni balki ko`paytirish amlini ham bajara olgan Vilyam Gofrid Fon Leybnicning mexanik hisob mashinasi yaratildi. 1820 yil - birinchi kalkulyator Sharlde Kolmorni arifmometri u o`zining takomillashgan variantlari bilan 90-yil bu erda talabga ega bo`ldi.
9
1834 yil – Charz Bebjning mashhur «Analitik mashinasi» - Perfokartada yozilgan oddiy dasturlar bilan ishlovchi mantiqiy amallarni bajaruvchi birinchi hisoblash mashinasi ishlab chaqarildi. 1871 yil - komp`yuterni anamatik qurilmasi va pechatlovchi qurilma printer ajdodini yaratdi. 1888 yil – Dorr Felt- ma`lumotlarini klavishli kiritishning birnchi qurilmasi- Conptowetor ni yaratdi.
10
1890 yil - AQSH da birinchi marta aholi ro`yxatga olindi. Unda Germon Golerit romanidan yaratilgan «Hisob mashinasi » birinchi marta ishtirok etdi. 1935 yil - IBM (Internotional Business Machiness) korparasiyasi. IBM 601 hisoblovchilarni ommaviy ishlab chiqara boshladi. 1937 yil - Mateporik Alon Tyurning «Tyurning mashinasi» nomini olgan komp`yuterning matematik modelini yaratdi. 1938 yil - mashhur Verner fan Braunning va kasbdosh do`sti Kondrat Cuze Berminda komp`yuterlardan birini yaratdi. 1943 yil - Govard Eyken hozirgi komp`yuterlarning bobosi hisoblandi. «ASCC Marki » mashinasini qurdi. Uning vazni 7 tonna va 75000 qurilmadan tashkil topgan. U harbiy maqsadlarda – artileriya jadvallarini hisoblashda qo`llanildi.
11
1945 yil - Djon fan Neyman komp`yuter qurilmasining nazariy modelini tashqaridan yuklanadigan dasturdan foydalanuvchi komp`yuterning birinchi bayonini ishlab chiqdi. Shu yili Machli va Ekkert o`sha davrning eng ulkan va quvvatli lampali komp`yuteri ENIAS ni yaratishdi. Komp`yuter vazmi 70 tonnadan ortiq va 18 minngga yaqin elektron lampalardan iborat komp`yuter tezligi sekundiga bir necha yuz amalni bajara olgan. 1956 yil - Massachuset texnologiya institutida tranzistor asosli birinchi komp`yuter yaratildi. Shu yilning o`zidayoq IBM axborotni jamlovchi vinchestirning ajdodi- KAMAS – 305 birnchi qattiq diskni yasadi. 1958-1959 yillar D. Kilop va R.Noys integral mikrasxema mikrapratsessorning birinchi ajdodi alyuminiy kontaktlar bilan ulangan, kremniy kristali sirtidagi mantiqiy elementlarning ajoyib zanjirini yaratishdi. 1960 yil birinchi modem kashf qilindi.
12
1963 yil- Duglas engelbard o`zi yaratgan manepulyator «Sichqoncha» uchun patent oldi. 1968 yil – Robert Noysem va Borden Mur tomonidan INTEL firmasiga asos solindi. 1969 yil – Tezkor hotirasi hamon 1 kb bo`lgan, birinchi mikrosxemani INTEL namoyish etdi. Shu yili Xerox firmasi tasvirlarni lazerli nusxalash texnologiyasini yaratdi. Bu texnologiya bir necha yillardan keyin lazer printerlarda chop etish texnologiyasi asosiga yotadi. «Birinchi» kserokslar. 1971 yil – Busikot mikrokal`kulatorarning ishlab chiqaruvchi yaponiyaliklar buyurtmasi bilan Intel firmasi Ted Xafor rahbarligida birinchi 4 razryadli mikroprosessor Intel 4004 ni yaratildi. 1977 yil – Sotuvga komp`yuterlar Commadore va Apple II ommaviy komp`yuterlar chiqdi. 4 kb sig’imli tezkor xotira, klaviatura va displey bilan ta`minlangan. Apple II da o’sha vaqt uchun rasm bo`la boshlagan floppi-disklar diskovodiga ega bo’ladi.
13
1978-yil INTEL firmasi sekundiga 330 ming operaciya bajara oladigan 16 razradli Intel 8086 mikroprocessorlarini chiqaradi. Shu yili modemlar ishlab chikarishda kelajagda etakchi buladigan Hayes firmasiga asos solinadi. Commolave matricali printirlarning birinchi modellarini bozorga chiqaradi. 1979-yil Intel-8088 processori, shuningdek birinchi video o`yinlar va ular uchun komp`yuter pristavkalar paydo bo`ladi. Yaponiyaning NEC firmasi yaponiya uchun birinchi mikroprocessorni ishlab chiqaradi. Hayes firmasi yangi Apple komp`yuteri uchun tezligi 300 bodga teng bo`lgan birinchi modemni ishlab chiqaradi. 1980-yil Atari komp`yuteri yilning eng ommabop komp`yuteri bo`ladi. Seagate technologies shaxsiy komp`yuterlar uchun birinchi vinchestor-diametri –5,25 dyumli qattiq disk taklif etadi.
14
1981 yil – Apple III komp`yuteri paydo bo`ladi. Intel- birinchi soprocesor bo`ldi. Birinchi tovush kartasini yaratgan Creative Teshnology (Singapur) firmasiga asos solinadi. Sotuvga sig’imi 5 mb ga teng bo`lgan birinchi qattiq ommaviy disk chiqariladi. 1982-yil Sotuvga IBM ning yangi modeli mashhur IBM PC AT va birinchi klonlar IBM PC paydo bo`ladi. IBM-16 raziryadli 80286 processorini ifodalaydi. U sekundiga 1,5 mln operatciya bajaradi. Hercules firmasi birinchi oq-qora vidiokarta Hercules Graphcs Adapter (HGA) ni taklif etadi. Shu yilning o`zida San-Xosedat IBM labaratoriyasining ir guruh tadqiqotchilari birinchi 8 dyumli «flopi-disk» ni yaratdi. 1972 yil 8 razryadli Intel-9008 yangi mikroprocessor kashf qilindi. Xerox, o`lchamli yon daftarchadan salgina katta bo`lgan birinchi Dypabook komp`yuterni yasadi.
15
1990 yil-Internet tarmog’ining tug’ilishi. Intel 32 razryadli 80486x sekundiga 27 mli operaciya bajaruvchi yangi processorni taklif etadi. IBM an`anaviy VGA videoplatalar o`rniga videoplatalarning yangi standarti XGA ni taklif etadi.
16
1.3. KOMPYUTER XONASIGA BO’LGAN SANITARIYA VA GIGIENIK TALABLAR Kompyuter xonasi hisoblash texnikasi bilan jixozlangan o`quv-tarbiya bo`limi hisoblanadi. Komp’yuter xonasining jixozi 10-15 tagacha shaxsiy komp’yuter (o`quvchining ish joyi) va bitta o`qituvchi ish joyidan tashkil topadi.
17
XAVFSIZLIK QOIDALARI sinfga ustki kiyimda kirish; komp’yuter va uning qurilmalarini elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulash yoki o`chirish; komp’yuterni tashqi qurilmalar, printer, diskyurituvchi, sichqoncha, joystik va boshqalar bilan o`zaro ulash; o`qituvchining ruxsatisiz sinfda yurish, gaplashish; monitorlarning yorug’lik, tovush balandligi va boshqa vazifalarni bajaruvchi murvatlarini burash hamda himoya qopqoqlarini ochish; displey ekraniga qo`l va boshqa narsalarni tekkazish hamda elektr tarmoq manbalariga tegish. Komp’yuter xonasida quyidagilar taqiqlanadi: komp’yuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish va o`t yoqish; qurilmalar yaqinida tez yonuvchi modtsali idishlarni ochish va ishlatish; xonaga kislotali, tarkibida xlori bor bo`lgan moddalarni va umuman qurilmaning ichki elementlari ishiga salbiy ta`sir qiluvchi moddalarni olib kirish;
18
komp’yuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish va o`t yoqish; qurilmalar yaqinida tez yonuvchi modtsali idishlarni ochish va ishlatish; xonaga kislotali, tarkibida xlori bor bo`lgan moddalarni va umuman qurilmaning ichki elementlari ishiga salbiy ta`sir qiluvchi moddalarni olib kirish; komp’yuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qo`yish; qurilmalarga xo`l qo`l bilan tegish va ularni ulash; qurilmalarning teshiklariga avtoruchka, chizg’ich va boshqa narsalarni tiqish; tugmalarni bosishda kuch ishlatish; ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish; bo`r ishlatish; elektr manba ulangan xolatda tozalash ishlarini olib borish.
19
1.4. FOYDALANUVCHI VA KOMPYUTER ORASIDAGI MULOQOTNI TO’G’RI TASHKIL ETISH Xonadagi havo harorati o`rtacha 20-24 0 S atrofida bo`lishi lozim. I-II kurs talabalarining shaxsiy komp’yuter bilan uzluksiz ishlash vaqti bir kun davomida 2-4 soatdan oshmasligi tavsiya etiladi. O`quvchi komp’yuterdan eng kamida 40 sm narida o`tirishi kerak. Agar bino bir qavatli bo`lmasa, komp’yuter xonasi birinchi va oxirgi qavatlarda bo`lmagani ma`qul. Birinchi qavatda shovqin-suron tovush eshitilishi, chang-to`zon tushishi hamda o`g’irlik sodir etilishiga qulay sharoitlar mavjud bo`lishi mumkin. Eng yuqori qavatda bo`lsa ham qaznoq orqali o`g’ri tushishi, qor-yomg’ir suvlari o`tishi, quyosh nuri tik tushib, xona haroratini ko`tarib yuborishi mumkin.
20
Komp’yuterlar o`rnatilgan xona polli, devorlar suv qo`shib ishlatiladigan bo`yoqda bo`yalgan, albatta erga ulangan signallashtirilgan, eshik va oynalar temir panjaralar bilan mahkamlangan bo`lishi shart. Butun xona EHM xonasiga mos ravishda jihozlangan bo`lishi kerak. Komp’yuter xonalariga quyosh nuri tik tushadigan bo`lsa, oynalarda xonani qorong’ilashtiruvchi qora darpardalar ham bo`lishi lozim. Komp’yuterlarning barcha qurilmalari g’iloflar bilan qoplangan holda turishi kerak. Xonada haroratni o`lchab turuvchi xona termometri, komp’yuterlar uchun himoya oynalari bo`lishi zarur, xonada 20-24 gradusli (ko`pi bilan 28 gradusgacha) temperatura saqlanishi lozim. Agar xona harorati keragidan oshib ketsa yoki pasayib ketadigan bo`lsa, xona xaroratini mo`tadillashtirib turuvchi konditsioner bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Xonada kaktus, aloy kabi tikanli o`simliklarning bo`lishi inson salomatligi uchun foydali.
21
Komp’yuterdan foydalanuvchi har bir shaxs texnika xavfsizligi qoidalaridan xabardor bo`lmog’i lozim. Ochiq simlar, ochiq yoki noqulay rozetkalar bilan ishlamaslik kerak, inson salomatligiga xavf tug’diruvchi biror hid yoki boshqa biror belgi sezilsa, darhol rahbarni xabardor qilish kerak. Imkoniyat bo`lsa, komp’yuterdan foydalanuvchilar oq xalat kiyib shug’ullansalar, maqsadga muvofiq bo`ladi. O`n besh va undan ortiq yoshdagi o`quvchilarning komp’yuter oldida o`tirish muddati, agar darslar ketma-ket juft soatlar tarzida qo`yilgan bo`lsa, bir kunda ko`pi bilan birinchi darsda 30 minut, ikkinchi darsda 20 minutdan oshmasligi kerak. Displey (komp’yuter ekrani) bilan foydalanuvchining ko`zi orasidagi masofa 40 smdan kam bo`lmasligi zarur. Komp’yuterda ishlash jarayonida ko`z charchashi, bosh aylanishi, ko`ngil aynashi yoki uyqu kelishi kabi ba`zi bir o`zgarishlar yuz beradigan bo`lsa, tanaffus qilish, ko`z uchun va tana uchun turli jismoniy mashqlar bajarish tavsiya qilinadi.
22
NAZORAT SAVOLLARI Komp’yuter so’zi qanday ma’noni anglatadi va uning vazifalarini ayting? Komp’yuter qachon va qanday yuzaga kelgan? Optoelektronli EHMlar deganda nimani tushinasiz? Komp’yuter xonasida nimalar taqiqlanadi? Komp’yuter xonasiga bo’lgan sanitariya va gigienik talablarni keltiring? CD-ROM nechanchi yilda kim tomonidan ishlab chiqilgan?
Similar presentations
© 2025 SlidePlayer.com Inc.
All rights reserved.