Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OLIY TA’LIM TIZIMI PEDAGOG VA RAHBAR KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI.

Similar presentations


Presentation on theme: "O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OLIY TA’LIM TIZIMI PEDAGOG VA RAHBAR KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI."— Presentation transcript:

1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OLIY TA’LIM TIZIMI PEDAGOG VA RAHBAR KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISHNI TASHKIL ETISH BOSH ILMIY-METODIK MARKAZI “Ta’lim sifati menejmenti” yо‘nalishi tinglovchisi Omonov Baxtiyorjon Xabitovichning “YAPONIYA TA’LIM TIZIMI” mavzusidagiTAQDIMOTI

2 YAPONIYA TA’LIM TIZIMI

3 Keyingi yillar ichida “2017-2021 yillarda О‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida yuz bergan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy о‘zgarishlar davlat va jamiyat faoliyatiga ijobiy ta’sir kо‘rsatdi. Xususan, Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3151-son, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 515-son qarorlariga asosan uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish, tizimdagi muassasalarning sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etishga oid qator farmon va qarorlar qabul qilindi. “Ta’lim tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Zero, yurtboshimizning ta’birlari bilan aytganda, “Tashabbuskor islohotchi bо‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun, avvalo, ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak”. Shuningdek, bugungi zamon bilan hamnafas bо‘lib, nufuzli oliy ta’lim muassasalarimiz ham xalqaro oliygohlar qatoridan о‘rin olishi va kuchli 500 talikka kiritilishi masalasi ayni siyosat darajasiga kо‘tarilishi prezidentimiz SH.Mirziyoyevning “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi farmonida о‘z aksini topgan.

4 YAPONIYA TA’LIM TIZIMI О‘z tarixida ta’lim tizimidagi islohotlar evaziga yuqori taraqqiyotga erishgan mamlakatlar tajribasini о‘rganish bugungi kunda mamlakatimiz ta’limida kechayotgan о‘zgarishlarni teranroq tushunishga yordam beradi. Shunday mamlakatlardan biri Yaponiyadir. Biz Yaponiya tajribasiga murojaat qilishimizning boisi shundaki, yapon millatining urf-odatlari, milliy qadriyatlari, oilaviy munosabatlari xalqimiz qadriyatlariga yaqindir. Yaponiya - juda tez rivojlanayotgan davlat bо‘lib, bu hol asosan yaponlarning tabiatan mehnatsevarlik va ishbilarmonligi bilan bog‘liqdir. Dunyodagi barcha yangiliklar va yuksalishlar sari intilish, eng sо‘nggi yutuqlardan foydalanish va ularni yanada rivojlantirish - bu yapon xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib qolgan.

5 YAPONIYA TA’LIM TIZIMI Hozirgi davrda Yaponiya ilmiy tadqiqotlarga ketgan sarmoya miqdori buyicha dunyoda 2-urinda turadi. Yaponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868 yillarda boshlangan. Yaponiya о‘z oldiga 2 vazifani: 1 - boyish, 2 - g‘arb texnologiyalarini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini qо‘ydi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan о‘zgartirish kerakligini angladi.

6 YAPONIYA TA’LIM TIZIMI Maktabgacha ta’limga Yaponiyada katta e’tibor beriladi, chunki, psixologlarning ta’kidlashicha, 7 yoshgacha inson bilimlarni 70%ni, qolgan 30%ni butun qolgan umri davomida о‘zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi о‘rinda turadi. Kо‘pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi - ularning hayotlarining maqsadlaridir.

7 YAPONIYA TA’LIM TIZIMI Bolalar bog‘chasi Yaponiyada vatan fuqarosini shakllantirish tizimining 1-bosqichi hisoblanadi. Mustaqil faoliyat, jamoaviy ong, ijtimoiy mas’uliyat kо‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi-bolani maktabga tayyorlashdir.

8 YAPONIYA TA’LIM TIZIMI Boshlang‘ich maktabga 6 yoshdagi yapon bolalarning 99% qatnaydi. 99% yapon boshlang‘ich maktablari davlat tasarrufida, 1% - hususiy. О‘quv rejasiga yapon tili, gumanitar fanlar, arifmetika kabilar kiradi. San’at va xunar (yapon xusni xati), musiqa, uy xо‘jaligini yuritish, jismoniy tarbiya, axloqiy odobnoma akademik predmetlar hisoblanmaydi.

9 Boshlang‘ich ta’lim “syogakko” quyidagi vazifalarni hal qiladi: -о‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vataniga, o’z qadriyatlariga hurmat hissini о‘rgatish; -о‘quvchilarni xalqaro hamkorlik ruhida tarbiyalash; -ona tilidan tо‘g‘ri foydalanish; -iqtisodiy tarbiya berish; -barkamol shaxsni tarbiyalash.

10 Yaponiyada о‘rta va yukori maktab tizimi. Kichik о‘rta maktab-tyugakko Boshlang‘ich maktabni tugatgan о‘quvchi о‘qishni kichik о‘rta maktabda davom ettirishi lozim. Yapon tili, matematika, jamiyatshunoslik, etika, tabiiyot, musiqa, san’at, maxsus faoliyat, jismoniy tarbiya, texnik mahorat va uy hо‘jaligini yuritish kabi majburiy fanlardan tashqari о‘quvchilar chet tili, qishloq xujaligi yoki matematikadan chuqurlashtirilgan kurs kabi fanlarni tanlashlari mumkin.

11 Yuqori (о‘rta) maktab-kotogakko. Yuqori (о‘rta) maktab majburiy emasligiga qaramay, unda 94% о‘quvchilar tahsil oladilar. Yuqori о‘rta maktab soni 55%ni tashkil etadi, shunga qaramay davlat va xususiy katta maktablar pullik. Yuqori о‘rta maktabning 1-yil uchun dasturi xammaga bir xil, lekin keyingi 2 yil ichida oliy ta’lim olish maqsadiga kо‘ra kursni tanlash nazarda tutilmoqda.

12 Yaponiyada kasb-hunar ta’limi. Yaponiyada yuqori о‘rta maktabda о‘qishni xoxlamaganlar 5 yillik “texnik kollej”lar-kasbiy texnika bilim yurtlariga kirishlari mumkin. Lekin bu о‘qishlarga kirish shunchalik oddiy emas, eng yaxshilaridan juda katta konkurs asosida qabul qilinadi, chunki Yaponiyada yuqori malakali ishchilar juda ham zarur. Universitet о‘rniga 2 yillik kollejga kirish mumkin, unda maxsus ta’lim beriladi. Bu kollejlarda yapon qizlarining 90% о‘qiydilar va ayollar kasbini egallaydilar: tibbiyot xamshirasi, bolalar bog‘chasi tarbiyachisi, boshlang‘ich sinf о‘qituvchisi, yuqori malakali uy xonimlari, aktrisa (seyyu). Yaponiya kollejlari о‘z maqomi bо‘yicha bizning о‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan teng. Ular kichik, texnologik, va maxsus tayyorgarlik kollejlariga bо‘linadi.

13 Yaponiyada davlat universitetlari Oliy ta’lim bakalavr darajasini olish uchun 4 yillik о‘qish belgilangan. Ba’zan ma’lum kasbiy darajani egallash uchun 6 yillik dastur tavsiya qilinadi. 2 tipdagi universitetlar mavjud: milliy universitetlar, davlat universitetlari. Yaponiyada kuchli 20 talikka kirgan eng zо‘r Osiyo universitetlari: Tokio universiteti, Osako universiteti, Kioto universiteti, Toxoku universiteti, Nagoya universiteti, Tokio texnologiya instituti, Kyusyu universiteti, Sukuba universitetlaridir

14 YAPONIYA TA’LIM TIZIMI Universitet Bakalavr darajasi4 yil Oliy ta’limdan keyingi ta’limMagistrlik darajasi2 yil Doktorlik darajasi5 yil KollejKichik mutaxassis darajasi2 yoki 3 yil Texnologik kollejKichik mutaxassis5 yil Maxsus maktabMutaxassis daraja2 yoki 3 yil Yuqori malakali daraja4 yil

15 YAPONIYA TA’LIM TIZIMI 1983 yil “100 000 xalqaro talabalarni qabul qilish rejasi” ishga tushdi, 2003 yil maqsadli 100 000 talaba tahsil olishga muvaffaq bо‘ldi. 2008 yil 1 maydan boshlab chet ellik talabalar soni 123 829 taga yetdi. 2008 yil iyul oyida jamiyatni qо‘llab- quvvatlash va rivojlantirish maqsadida Ta’lim, Madaniyat, Sport, Fan va texnika vazirliklari va boshqa muassasalar, manfaatdor agentliklar “300 000 chet ellik talabalar rejasi” tizimini ishga tushirdi.

16 YAPONIYA TA’LIM TIZIMI Mazkur rejaga kо‘ra “Global 30” loyihasini amalga oshirish maqsadida Yaponiya universitetidan 30 tasi tanlab olindi, shulardan quyidagi 13 tasi markaz sifatida belgilandi: Toxoki universiteti (Tohoky University) Sukuba universiteti (Tsukuba University) Tokio universiteti (Tokyo University) Nagoya universiteti (Nagoya University) Kioto universiteti (Kyoto University) Osaka universiteti (Osaka University) Kyusyu universiteti (Kyusyu University) Keyo universiteti (Keio University) Sofiya universiteti (Sophia University) Meydji universiteti (Meiji University) Vaseda universiteti (Waseda Uiversity) Doshisha universiteti (Doshisha University) Ritsmeykan universiteti (Ritsumeikan University)

17 YAPONIYA TA’LIM TIZIMI Yaponiyada universitetni moliyalashtirish asosan 2 turda amalga oshiriladi: asosiy chiqimlarni moliyalashtirish, ayrim о‘qituvchilarning ilmiy tadqiqotlari uchun raqobatbardosh fondlar va talabalarga moliyaviy yordam. Milliy, jamoat va xususiy universitetlarni musobaqa asosida moliyalashtirish ham yaxshi yо‘lga qо‘yilgan.

18 Oliy ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlar va sifat (О‘zbekiston va Yaponiya ta’lim tizimi bо‘yicha SWOT tahlil) О‘zbekiston oliy ta’lim tizimi (talabalikka qabul borasida qisqa SWOT tahlili) STRENGTHES (kuchli tomonlari) О‘zbekistonda OTM lariga kirish imkoniyati kengaydi, inson omili yuksak darajada qadr topdi. Abituriyentga bir vaqtning о‘zida 5 ta OTMga kirish, hatto tanlov imkonini berdi. WEAKNESSES (kuchsiz tomonlari) Kо‘plab abituriyentlar tomonidan hech qanday tayyorgarliksiz, OTMlarga hujjat topshirish holatlari kuzatiladi. OPPORTUNITIES (Imkoniyatlari) Abituriyentlar uchun mamlakatning barcha xududlarida xususiy repetitorlik kurslari mavjud. THREATS (Tо‘siqlar) Aksar hollarda abituriyentlar о‘zlari qiziqqan yо‘nalishdan kо‘ra, ota-onalari tanlagan OTMlarga hujjat topshirishadi.

19 Yaponiya ta’lim tizimi (SWOT tahlil) STRENGTHES (Kuchli tomonlari) -19-asrdayoq, ya’ni 1881 yilda hukumat Buyuk Britaniya, AQSH va Fransiya kabi turli G‘arb mamlakatlari ta’sirida bо‘lgan institusional modelini qat’iy Germaniya modeliga aylantirishga qaror qildi; -universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas; -milliy yetti universitet eng nufuzli hisoblanadi va TOP 100 talikka kiradi; -Kyoto universiteti hozirgi kunga qadar Yaponiyaning 5 ta bosh vaziriga va Tayvanning 1 ta prezidentiga ta’lim bergan, universitet bitiruvchilari 2019-yil oktabr holatiga kо‘ra, 19 ta Nobel mukofoti sovrindori, 2 nafar Filds medali sovrindori va 1 nafar Gauss mukofoti sovrindoriga ega bо‘lib, u Osiyodagi barcha universitetlar orasida eng kо‘p Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirgan universitet hisoblanadi; WEAKNESSES (kuchsiz tomonlari) -Yaponiyada har yili ma’lum miqdorda imtihondan о‘tolmagan о‘quvchilar suitsidi (о‘z joniga qasd qilish) holatlari qayd etiladi. Bu Yaponiya mamlakatining og‘riqli nuqtasi; -“ronin” deb nomlangan abituriyentlar kirish imtihonlarida yana bir urinish uchun bir yil, ba’zan esa kо‘p yillar vaqt о‘tkazishadi. - 2011-yilda yagona imtihonda qatnashgan roninlar soni 110 211 nafarni, о‘rta maktab о‘quvchilari esa 442 421 nafarni tashkil etadi.

20 -Tokio universiteti Yaponiyada ayollarni va chet ellik talabalarni qabul qilgan birinchi universitet hisoblanadi; - xalqaro miqyosda Osaka universiteti “Quacquarelli Symonds” tomonidan ishlab chiqarilgan QS World University Rankings bо‘yicha 2020-yilda dunyoning eng yaxshi universitetlari orasida 71-о‘rin va Yaponiyaning uchinchi eng yaxshi universiteti bо‘ldi; -Nagoya universiteti Yaponiya hukumati tomonidan “TOP Global Universitet loyihasi”ning TOP toifa universiteti sifatida tanlab olingan. Bu Yaponiyadagi 3-о‘rinli oliy ta’lim muassasasi (dunyo bо‘yicha 72-о‘rin), ushbu OTMda mamlakatimizning 40 dan ortiq talabasi tahsil oladi; -imtihon topshiradigan barcha abituriyentlar qatori Yapon tilini bilishini isbotlash uchun, shu jumladan yaponlarning о‘zlari ham imtihon topshirishlari kerak. Gender tenglik muammosi - magistratura bosqichida erkaklar kо‘pincha muhandislik dasturlarida uchraydi, bu yerda ayollar talabalarning atigi 2 foizini tashkil qiladi; -doktoranturada ayollarni qabul qilishning eng yuqori ikki darajasi: tibbiyot va gumanitar fanlar kо‘rinadi, bu yerda ikkala sohada ham doktorantlarning 30 foizi ayollardir. Doktoranturaga qabul qilinganlarning qariyb 13 foizini ayollar tashkil qiladi; -Yaponiyada oliy ta’lim ancha qimmatligi sababli majburiy emas va har bir yapon ham bunga qodir emas, aniqrog‘i, bu aholining 90% ni tashkil qiladi.

21 OPPORTUNITIES (Imkoniyatlari) - Yaponiya universitetlarining 88,7 foizi xususiy; -milliy yoki boshqa davlat universitetlariga hujjat topshirgan talabalar ikkita kirish imtihonini, birinchi navbatda milliy miqyosda о‘tkaziladigan yagona imtihon (senta shiken), sо‘ngra talaba kirishni umid qilgan universitet tomonidan о‘tkaziladigan imtihonni (niji shiken) topshiradilar; -xususiy universitetlarga kirmoqchi bо‘lgan abituriyentlar faqat mazkur universitet imtihonini topshirishlari kerak bо‘ladi; THREATS (Tо‘siqlar) -Yaponiyada joylashgan yirik yapon korporatsiyasi yoki xalqaro kompaniyasiga ishga joylashish uchun abituriyent nufuzli universitetda tahsil olib, diplom olishi majburiydir; -Yaponiyada bepul oliy ta’lim yо‘q. Prefekturalar о‘rinlarni ajratadi, ammo statistik ma’lumotlarga kо‘ra, 2018 yilda bitta byudjet о‘rniga uch mingdan ortiq ariza topshirilgan. Shunday qilib, byudjet о‘rniga ega bо‘lish katta muvaffaqiyatdir.

22 -Yaponiyada “dzyuku” kabi kechki maktablari (maktab bolalariga qо‘shimcha sifatli ta’lim berish maktablari) va Yobikou xususiy maktablari abituriyentlarga kirish imtihonlariga tayyorgarlik kо‘rishga yordam beradi. Yobikouda yuqori о‘rta maktab о‘quvchilari uchun kо‘plab dasturlar mavjud bо‘lsa-da, ular «ronin» uchun maxsus mо‘ljallangan kunduzgi va yil davomidagi darslari bilan mashhurdir. -Osaka universiteti bitiruvchilari Yaponiyadagi 400 ta yirik kompaniyalar orasida ish bilan bandlik darajasi bо‘yicha yettinchi о‘rinda turadi. -Yaponiyada chet ellik talabalarni jalb qilish siyosati olib borilmoqda va bu juda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, 2018 yil holatiga kо‘ra, xorijdan kelgan talabalar soni 135 mingdan 239 ming kishiga oshdi. Har yili birgina Amerikadan uch mingga yaqin abituriyent keladi. -Maktabni bitirish arafasida о‘quvchilar yagona test imtihoni topshiradilar. Aynan shu imtihon hammasini hal qiladi: bitiruvchi oliy о‘quv yurtiga о‘qishga kiradimi yoki yо‘q. Bitiruvchi faqat bitta oliy ta’lim muassasasini tanlashga haqli. Mana shu tanlov uning kelgusi taqdirini ham hal qiladi: kasbi, malakasi, maoshi... Raqobat ham shunga yarasha katta: bitiruvchilarning 76 foizi maktabdan keyin oliy ta’lim muassasalarida о‘qishni davom ettiradilar. Shu sababli bо‘lsa kerak, Yaponiyada maktabning bitiruv imtihonini ba’zan “dо‘zax sinovi” ham deyishadi.

23 1. Ta’lim Yaponiyada oila, jamiyat va davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlanadi, chunki mamlakatda qabul qilingan “umrbod yollanish (bandlik)” tamoyili insonga jamiyatda munosib joyni egallash uchun faqat bir marta imkoniyat beradi va yaxshi ta’lim olish shu imkoniyatni muvaffaqiyatli bо‘lishi uchun kafolat yaratadi. Insonning shaxs bо‘lib shakllanishi jarayoni, uning xalq an’anaviy madaniyatiga oshno bо‘lishi, kichik yoshdan boshlab qabul qilingan meyorlarga о‘rgatilishi о‘zining ijobiy natijasini beradi. Xulosa 2. Qadim zamonlardan buyon yosh avlod tarbiyasi Yaponiyada ustuvor vazifa bо‘lib kelgan. Yaponiyada, avvaldan, asosiy kapital — inson kapitalini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Shuningdek, yaponlar о‘zlarini ajratib turadigan va о‘z mustaqilligini saqlab qolish va yuqori darajaga chiqishga imkon beradigan axloqiy fazilatlarni shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratadilar. 3. Bugungi kunda О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida kechayotgan islohotlar xalqimiz tomonidan ijobiy qabul qilinayapti. Ta’limga nisbatan bо‘lgan dunyoqarash о‘zgarib bormoqda. Albatta, biz dono xalqimizning asrlar davomida ta’lim-tarbiya sohasida erishgan katta bilim hamda tajribalariga asoslanamiz, ammo taraqqiy etib borayotgan dunyo ta’lim-tarbiya sohasida ham yangi, innovatsion g‘oyalar, noan’anaviy zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda. Mazkur о‘zgarishlarga xolisona baho berish, kamchiliklarga yо‘l qо‘ymaslik uchun biz ta’lim sohasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini har tomonlama о‘rganishimiz, ularni mentalitetimizga mos keladiganlarini amalda tadbiq etishimiz darkor. Ta’lim tizimimizdagi sifat va samaradorlikni oshirishda muhim sanalgan yapon ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlardan xulosalar chiqarishimiz kerak bо‘ladi.

24 Takliflar японлардагидек таълим билан бирга одоб-ахлоқ қоидаларига оиладан бошлаб жиддий амал қилиш; yaponlardagidek ta’lim bilan birga odob-axloq qoidalariga oiladan boshlab jiddiy amal qilish; kо‘plab chet ellik talabalarning Yaponiyaga jalb qilinishlari siyosati amalga oshirilgan bо‘lib, ushbu masala borasida О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida Yaponiya tajribasini amalga tadbiq etish zarur. Yaponiyada milliy yetti universitet eng nufuzli hisoblanadi va TOP 100 talikka kiradigan ushbu Yaponiya OTMlari bilan ta’lim va ilm-fan borasida izchil hamkorliklarni amalga oshirish darkor. О‘zbekiston ta’lim tizimiga Yaponiya ta’lim tizimidagi quyidagi yondashuvlarni joriy qilishni afzal kо‘rgan bо‘lar edik: TOP xususiy universitetlar - Tokay, Vasada, Keio. Ushbu oliygoh bitiruvchilari mamlakatning kelajak elitasi hisoblanadi. Ushbu oliygohlarning filiallari mamlakatimizda ochilsa maqsadga muvofiq bо‘lar edi. Respublikamizning barcha OTMlarida Yaponiyadagidek kampuslar tashkil etish zarur.

25 E’tiboringiz uchun rahmat! Baxtiyorjon Omonov Qo’qon DPI, Xorijiy tillar fakulteti O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari(PhD) baxtiyor008@gmail.com


Download ppt "O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OLIY TA’LIM TIZIMI PEDAGOG VA RAHBAR KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI."

Similar presentations


Ads by Google