Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILILAI Fan nomi: “Kompyuter arxitekturasi” Mavzu:Paralel kompyuterlarning.

Similar presentations


Presentation on theme: "MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILILAI Fan nomi: “Kompyuter arxitekturasi” Mavzu:Paralel kompyuterlarning."— Presentation transcript:

1 MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILILAI Fan nomi: “Kompyuter arxitekturasi” Mavzu:Paralel kompyuterlarning dasturiy ta’minoti Topshirdi: 734 20 guruh talabasi Kavlanova.O Qabul qildi: Raxmatova.G

2 Reja: 1.Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari. 2.Dasturlar va apparat ta’minoti 3.Amaliy dasturiy ta’minot

3 Kompyuter – inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda hisoblovchi bo‘lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma‘lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – Kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma‘lumotlarni qayta ishlashdan iborat.

4 Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: Raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtrilgan. Ammo, raqamli Kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi uchun, ulardan ko‘proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda Kompyuterlarning 5 guruhi keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sek. da bajaradigan amallar tezligi, ma‘lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, 5 guruhga bo‘lish mumkin:

5 Super Kompyuterlar (TOR 500 Kompyuterlar) – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunday masalalar sifatida ob havoning global prognoziga oid masalalarni uch o‘lchovli fazoda turli oqimlarning ketishini o‘rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hakozolarni keltirish mumkin. Bu Kompyuterlar 1 sekundda o‘n trillon amal bajaradi.

6 Blok Kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super Kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga misol sifatida AQSH ning CRAY (kray), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli Kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. IBM 4300

7 Mini Kompyuterlar (kichik Kompyuterlar)- hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok Kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy Kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday Kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan VAX, SUN turkumli Kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqa mini Kompyuterlar misol bo‘la roladi.

8 Shaxsiy Kompyuterlar- hozirda ko‘pchilik foydalanuvchilar IBM rusumidagi Kompyuterlardan keng foydalanishmoqda. IBM rusumiga mos Kompyuterlar deganda, ham programma ta‘minoti mosligi, texnik ta‘minoti mosligi, ya‘ni bir-biriga mos kelishi nazarda tutilgan. Bunday Kompyuterlar Pentium 3,4 va 750-1000 megagertsni, xotira hajmi 64, 128,256, 512 megabaytni tashkil qiladi.

9 U quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:  sistema bloki  monitor  klaviatura  sichqoncha  tashqi qurilmalar  Sistema bloki- yassi (desktop) yoki minora (town) ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo‘lib, ular quyidagilardir:  Tezkor xotira (RAM- Random Access Memory –ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan mikroprotsessor. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.  Registr-ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topgan. Trigger-bu kichik kondensator bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda 1 ni, aks holda 0 ni ifodalaydi.  Registrdagi triggerlarning miqdori Kompyuterni necha razryadli ekanini bildiradi. Registrlar-bu yacheykalar deb xam yuritiladi. Bu yacheykalarning xar bir razryadida bir bit axborot joylashadi ya‘ni 0 yoki 1

10  Razryadlar soni deganda bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadlar soni tushiniladi.  Qurilmalar nazoratchilari (bu kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta‘minlash bloki).  Yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver)  Qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver)  Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan lazer disk qurilmasi (CD-ROM Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalardan iborat.  Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko‘plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.  Ular mos ravishda LPT1, LPT4 va COM1 – COM3 deb nomlanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.

11 Kompyuterning dasturiy ta’minoti

12 Sistemaviy dasturiy ta’minot. Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir.

13 Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta’minot – kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim.

14 Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin ─ sistemaviy dasturiy ta’minot;─ amaliy dasturiy ta’minot; ─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalar

15 Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ Kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.

16 Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ Bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.

17 Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ Yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.jumladan

18 Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.

19 Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.

20 Muammoga yo’naltirilgan ADT ga quyidagilar kiradi: ─ bugalteriya uchun DT; ─ personalni boshqarish DT; ─ jarayonlarni boshqarish DT; ─ bank axborot tizimlari va boshqalar.

21 Umumiy maqsadli ADT ─ soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular: ─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); ─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;chop etuvchi matn muxarrirlari ─ grafik muxarrirlar; ─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar; ─ taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.ayni tasvirlar hosil qilish

22 Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: ─ rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;rejalovchi yoki organayzerlarolib boruvchi dasturlar ─ tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar; ─ skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o’zgartiruvchi dasturiy vositalar; ─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.

23 Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.dasturiy vositalari

24 E’tiboringiz uchun rahmat


Download ppt "MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILILAI Fan nomi: “Kompyuter arxitekturasi” Mavzu:Paralel kompyuterlarning."

Similar presentations


Ads by Google