Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

Amaliy informatika Masalalarni kompyuterda echish bosqichlari. Model tushunchasi, elementlari va turlari. Matematik modellar yaratishning asosiy bosqichlari.

Similar presentations


Presentation on theme: "Amaliy informatika Masalalarni kompyuterda echish bosqichlari. Model tushunchasi, elementlari va turlari. Matematik modellar yaratishning asosiy bosqichlari."— Presentation transcript:

1 Amaliy informatika Masalalarni kompyuterda echish bosqichlari. Model tushunchasi, elementlari va turlari. Matematik modellar yaratishning asosiy bosqichlari. Samarqand 2022

2

3 Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari.
Har qanday masalani kompyuterga tayyorlash va uni o’tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. Masalani qo’yilishini aniqlash va matematik modelini ishlab chiqish. Masalani yechishning sonli usulini tanlash. Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish. Kompyuter uchun dastur tuzish. Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish, rostlash va tekshirish. Hisoblash natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.

4 Masalaning qo’yilishini aniqlash va matematik modelini ishlab chiqish.
Masalani yechishdan oldin uning qo’yilshi oydinlashtiriladi, ya’ni bunda uning maqsadi va yechilish shartlari aniqlanadi, boshlang’ich ma’lumotlar va natijalarning tarkibi asoslana-di. Bu ma’lumotlar asosida u matematik formulalar ko’rinishida ifoda qilinadi.

5 Masalani yechishning sonli usulini tanlash.
Qo’yilgan matematik masalalar uchun ukning sonli yechish usulini tanlash kerak bo’ladi. Sonli usullar turli- tuman bo’lganligidan ularning eng samarali va qulayini tanlash kerak. Bu masala bilan matematikaning sonli usullar bo’limi shug’ullanadi. Yechish usulini tanlash masalaga qo’yilgan barcha talablarni va uni konkret kompyuterlarda hal qilish imkoniyatlarini hisobga olish kerak.

6 Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish.
Masalani yechish uchun tanlangan sonli usulning algoritmi ishlab chiqiladi, ya’ni masalani yechish uchun bajariladigan arifmetik va mantiqiy amallar ketma- ketligi yoritiladi. Masalani yechish algoritmlari ko’rgazmaliroq bo’lishi uchun, ular ko’p hollarda blok- sxema ko’rinishida ifodalanadi.

7 Kompyuter uchun dastur tuzish
Kompyuter uchun dastur masalaning umumiy yechimidir. U algoritmning mashina buyruqlari ketma- ketligi shaklidagi yozuv-dir. Buning uchun dasturlash tillari (Beysik, Fortran, Paskal, SI va boshqalar) dan biri tanlanadi va unga mos dastur tuziladi. Tuzilgan dasturni sifatli bo’lishi va uni mashina xotirasidan kam joyni egallashi muhim ahamiyatga ega.

8 Dasturni kompyuter xotirasiga iritish, rostlash va tekshirish
Tuzilgan dastur kompyuter klaviaturasi orqali uning xotirasiga kiritiladi. Kiritilgan dasturni rostlash va tekshirish amalga oshiriladi, ya’ni yo’l qo’yilgan xatoliklar tuzatiladi.

9 Hisoblash natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.
Bu bosqichdan tuzilgan dastur bo’yicha hisoblash bajariladi va hosil bo’lgan natija kompyuterning displey ekraniga chiqariladi yoki chop etish qurilmasi orqali qog’ozga chop etiladi. Natijalarni jadvallar, grafiklar yoki diagrammalar ko’rinishida hosil qilish mumkin. Hosil bo’lgan natija esa foydalanuvchi tomonidan tahlil qilinadi.

10 Model tushunchasi, elementlari va turlari
Model tushunchasi, elementlari va turlari. Matematik modellar yaratishning asosiy bosqichlari.

11

12

13

14 MODEL TURLARI

15 Abstrakt modellar o'z navbatida ikki guruhga bo'linadi: matematik va iqtisodiy matematik modellar.

16 Matematik modellar obyektning tuzilishi va o'zaro bog'lanish qonuniyatlarining matematik munosabatlar, formulalar va matematik-mantiqiy tavsifidan iborat. Bunday modellarga awalgi darslarda misollar ko'rib o'tildi. Iqtisodiy matematik modellar XVIII asrdan qo'llanila boshlandi. F. Kenening «Iqtisodiy jadvallar»ida birinchi marta butun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonini shakllanishini ko'rsatib berishga harakat qilingan. Hozirgi kunda iqtisodiy modellar yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi. Turli iqtisodiy ko'rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, iste'mol, ish bilan bandlik, jamg'armalar, investitsiya ko'rsatkichlarining o'zgarishi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun murakkab iqtisodiy modellar qo'llaniladi.

17 Fizik modellarda obyektning tabiati va tuzilishi deyarli asl nusxasi kabi bo'ladi, lekin undan miqdor (o'lchami, tezligi va hokazo) jihatidan farq qiladi. Misol sifatida samolyot, kema, avtomobil, poyezd va boshqalarning modellarini olish mumkin. Biologik model esa turli jonli obyektlar va ularning qismlariga (hujayra, organizm va hokazo) xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashtirishda qo'llaniladi. Biologik model odam va hayvonlarda uchraydigan ma'lum bir holat yoki kasalliklarni laboratoriya hayvonlarida sinab ko'rish imkonini beradi. Masalan, zararli virusni halok etadigan dorini tekshirish uchun insonning o'zida emas, balki uning oz miqdordagi qonidan olib, shu qonida sinab ko'rilishi yetarli bo'ladi.

18 GEOGRAFIK MODELLAR:

19 BIOLOGIK MODELLAR:

20 KIMYOVIY MODELLAR: AZOT KISLOTASI

21 FIZIK MODELLAR:

22 МATEMATIK MODELLAR:

23 JAMOAVIY-QABILA MUNOSABATLARI MODELLARI
rahbar qabila rahbar oqsoqol qabila

24

25

26

27

28

29

30

31

32

33

34

35

36

37

38

39

40

41

42 Kompyuterli modellashtirish
Hozirgi kunda kompyuterda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo‘lib, uning maqsadi atrofimizni o‘rab turgan tabiat, unda ro‘y beradigan hodisa, voqealarini va jamiyatdagi o‘zgarishlarni anglash, tushunib yetish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirishdir. Kompyuterda odellashtirish texnologiyasini o‘zlashtirish kompyuter tizimlarini (vositachi qurilma sifatida) yaxshi bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishi talab qiladi.

43

44 Kompyuterda dasturlash tillaridan foydalanish matematik modellashtirish usulida jiddiy burilishi yasadi. XX asr oxirlarida yaratilgan yuqori quvvatli protsessorli kompyuterlarda o‘rganilayotgan jarayonlar modellarining turli xil ko‘rinishlarini (grafik, diagramma, annimatsiya, multiplikatsiya va h.k.) kompyuter ekranida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan, rasm eskizini) turli xil darajada (tekislik, fazo bo‘yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud.


Download ppt "Amaliy informatika Masalalarni kompyuterda echish bosqichlari. Model tushunchasi, elementlari va turlari. Matematik modellar yaratishning asosiy bosqichlari."

Similar presentations


Ads by Google