Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

Reja: 1.     Ekologik ekspertiza ob'ektlari 2.     Ekologik ekspertiza ob'ektlarining toifalari 3.  Ekologik ekspertiza ob'ektlarining toifalari.

Similar presentations


Presentation on theme: "Reja: 1.     Ekologik ekspertiza ob'ektlari 2.     Ekologik ekspertiza ob'ektlarining toifalari 3.  Ekologik ekspertiza ob'ektlarining toifalari."— Presentation transcript:

1 Korxonalarni loyixalashda, qurishda va rekonstruksiyasida ekologik talablar 

2 Reja: 1.     Ekologik ekspertiza ob'ektlari 2.     Ekologik ekspertiza ob'ektlarining toifalari 3.  Ekologik ekspertiza ob'ektlarining toifalari

3 O‘zbekiston  Respublikasi  “Ekologik  ekspertizasi  to‘g‘risida”gi  qonunning  11-moddasida  belgilab  qo‘yilgandek,  davlat  ekologik  ekspertizasi obektlari quyidagilardan  iborat: -davlat  dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish  kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy  soha tarmoqlarini  joylashtirish hamda  rivojlantirish  sxemalarini  loyihalari; -barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari;          -loyiha oldi va loyiha  hujjatlari;          -tabiiy  resurslardan  foydalanish  bilan bog‘liq  xo‘jalik va boshqa  xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma- uslubiy hujjatlarning  loyihalari; -texnik, texnologiya,  materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini  yaratishga doir hujjatlar;          -atrof tabiiy muhit holatiga  va fuqarolar sog‘lig‘iga  salbiy tasir ko‘rsatuvchi ishlab  turgan korxonalar va boshqa obektlar:          -keyinchalik ularni alohida  muxofaza etiladigan tabiiy  xududlar, favqulotda ekologik vaziyat va ekologik  ofat  zonalari  maqomini berish maqsadida  o‘tkazilgan hududlarni  kompleks tekshirish  materiallari;

4   -shaharsozlik  hujjatlarining  barcha  turlari;
         -maxsus huquqiy  rejimli obektlar;

5 Ekologik ekspertiza ob'ektlarining toifalari
       O‘zbekiston Respublikasi “Ekologik eksperiza to‘g‘risida”gi qonunning (11-modda)siga binoan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 noyabrdagi 949-sonli “Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan “Boshdavekoekspertiza”si amalga oshiriladigan faoliyat turlari “Ro‘yxati” ishlab chiqilgan. Bu ro‘yxatga asosan faoliyat turlari atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatishi bo‘yicha 4 toifaga bo‘lingan:

6  I toifa – o‘ta xavfli ob'ektlar;
         II toifa – o‘rtacha darajada xavfli ob'ektlar;          III toifa – past darajada xavfli ob'ektlar;            IV toifa – mahalliy ta'sir ko‘rsatish ob'ektlari.

7 I toifa – o‘ta xavfli ob'ektlari:
Avtomagistrallar, metro, temir yo‘llar, tez yuradigan avto yo‘llar, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuk terminallari. Aeroportlar. I va II toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari. 200 mln. kub metrdan ortiq hajmli suv omborlari. Yillik ish unumi 1 mln. tonna rudadan ortiq bo‘lgan kon-boyitish fabrikalari. Shahar maishiy chiqindi poligonlari (aholisi 200 ming kishidan ortiq bo‘lgan shaharlar uchun). 30 MVt dan oriq quvvatga ega bo‘lgan gidroelektrstansiyalar. Yiliga 2 mln kub metr va undan ko‘p ruda va kimyoviy xom ashyo qazib chiqarishda vujudga kelgan karerlarni rekultivatsiya qilish. Yoqilg‘i resurslari (neft, gaz ko‘mir qazilmalari  kabilarni qazib chiqarish). Qora va rangli metallargiya zavodlari.

8 Teri oshlash korxonalari.
Sutkalik ish unumi 280 ming kub metrdan ortiq bo‘lgan kanalizatsiya tozalash inshootlari. Respublika va davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan elektr uzatish liniyalari. Suv o‘tkazish quvvati sekundiga 1 150 kub metrdan ortiq bo‘lgan magistral kanallar va loyiha bo‘yicha hisoblangan quvvati sekundiga 50 kub metrdan ortiq bo‘lgan kollektorlar. Mashinasozlik (aviasozlik, avtomobil, traktor, motor ishlab chiqarish zavodi  kabilar) sanoati. Zaharli chiqindilarni, shuningdek shlam (ko‘mir kukuni)ni to‘plash yoki ko‘mib tashlash joylari. Axlat yoqish zavodlari. Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan neft va gaz quvurlari. Neft va gazni qayta ishlash zavodlari.  I va II toifadagi to‘g‘onlar. yer osti gaz omborlari. yer ostida ishqor bilan yuvish poligonlari.  G‘uj holidagi ishqor bilan yuvish texnologiyasidan foydalanadigan korxonalar. Xavfliligi I va II klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari


Download ppt "Reja: 1.     Ekologik ekspertiza ob'ektlari 2.     Ekologik ekspertiza ob'ektlarining toifalari 3.  Ekologik ekspertiza ob'ektlarining toifalari."

Similar presentations


Ads by Google