Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integratsiyalashuvi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA INNOVATSIYALAR.

Similar presentations


Presentation on theme: "Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integratsiyalashuvi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA INNOVATSIYALAR."— Presentation transcript:

1 Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integratsiyalashuvi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OSIYO XALQARO UNIVERSITETI Tayyorladi : 2-BT2023 guruhi talabasi ___To’xtayeva Z Qabul qildi:_Tarix fani o’qituvchisi ____ Toshpo ʻ latova Sh

2 Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.taraqqiyotiholatlarga yangicha qarashga

3 Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko'rsatkichlarida ham o'z ifodasini topayotir.Tabiiyki

4 Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va ­ raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidirnamoyon etibaholining turmush darajasiinvestorlar uchun qulay muhit

5 Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.

6 Prezidentimizning shu yil 2 iyunda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida”gi farmoni yurtimizda bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim dasturilamal bo'ldi.

7 Mazkur farmonga muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o'rnatildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi respublika kengashi tuzilib

8 Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to’g’risida”gi Farmoni ijrosini tashkil qilish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi

9 Mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o’rnini yaxshilash belgilandi

10 Shuningdek Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997-yil Norvegiyada o‘tkazilgan «Kooperativ bankers-97» mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999-yil aprelda I.A.Karimov Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturining a’zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. O‘zbekistonning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi.

11 1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Evropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi.

12 Bu o‘rinda O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo‘yicha ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996- yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o‘rtasidagi bitim 1996-yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida EI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning «Fortezza de basso» qal’asida Evropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi.

13 Mustaqil O‘zbekiston 2001-yilning iyun oyida «Shanxay beshligi» deb yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni Shanxay shahrida chaqirilgan sammitida bu tashkilotning to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi. 1998-yili tashkil etilgan «Shanxay beshligi»ga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izston va Tojikiston Respublikalari a’zodir. Shundan keyin «Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomi bilan yuritilib bosh maqsad har tomonlama hamkorlik o‘rnatishdan iborat bo‘lib, ayni bir vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda tashkilotning faoliyat markazida turadigan bo‘ldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) Bishkekdan Toshkentga ko‘chirildi. Tashkilotning aniq vazifalari tashqi ishlar, mudofaa vazirliklarining kengashlarida hal qilinadi

14 2018-yil iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida ShHTning 18 sammiti bo‘lib o‘tdi. Sindaodagi sammitda davlatlar rahbarlari Xitoyning ShHTga raislik qilgan yil yakunlarini, kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar. Shuningdek, tashkilotning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Ushbu sammit ShHT faoliyatida yangi davrni boshlab berdi. Sindaodagi uchrashuv tashkilotga yangi a’zolar-Hindiston va Pokiston qo‘shilganidan keyingi ilk Sammit. ShHT dunyodagi eng katta hududni va sayyora aholisining deyarli yarmisini qamrab olgan, jahon YAIMning uchdan birini ishlab chiqaradigan eng yirik xalqaro tashkilotdir

15 O‘zbekiston 1996-yil Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan o‘ziga xos tuzilmaga ham 1999-yil aprel oyida a’zo bo‘ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Evropa transport o‘lagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi bo‘lib, unda O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Yaltada bo‘lib o‘tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko‘rib chiqildi.

16 Tomonlar BMT, MDH, ShHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro tuzulmalar doirasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladilar. Muzokarada tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini, diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiyani rivojlantirish transport va energetika sohalarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari tashrif doirasida umumiy qiymati 25 milliard dollar bo‘lgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hujjatlar imzolanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

17 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 9-10 mart kunlari Tojikistonga davlat tashrifi tarixiy voqea bo‘ldi. Bu davlat tashrifi O‘zbekistonTojikiston nafaqat hamkorligini rivojlantirish balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Davlat rahbarlarining uchrashuvida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati, uni yanada rivojlantirish istiqbollari diqqat markazida bo‘ldi. Davlat rahbarlari terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, transmilliy jinoyatlar xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa xavf-xatarlarga birgalikda kurashish masalalarini ham o‘zaro o‘rtoqlashishdi.

18 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi щartnomani imzolanishi xalqlarimiz hayotida o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlarimizni yangi davri boshlanganligidan dalolat beradi. Ishbilarmon doiralar o‘rtasida muloqotni tashkil etish maqsadida ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida «Tojikiston - O‘zbekiston ishbilarmonlari Kengashi» tuzildi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini 500 mln. dollarga etkazish masalasi Kengash yig‘ilishida ko‘rib o‘tildi. Dushanbe shahrida tashkil qilingan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ko‘rgazmasi va O‘zbekiston-Tojikiston qushma biznes forumiga yuqori baho berildi. Dushanbe va Toshkentda qo‘shma biznes forumlar o‘tkazish an’anaga aylandi. Tojikiston Respulikasi Prezidenti Emomali Rahmon tashrifi chog‘ida poytaxtimizda o‘tkazilgan qo‘shma biznes forumda qiymati 103 mln. dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.

19 Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzulmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Qo‘shni Afg‘oniston davlatida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda tomonlar qarashlari, samarali hamkorliklari mushtarakligi sezilmoqda. Energetika sohasida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 2018 - yil aprel oyidan Tojikistonga tabiiy gaz etkazib berilmoqda. O‘z navbatida Tojikistondan elektr energiyasi sotib olish hajmi ko‘payib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ijobiy tarzda rivojlantirilmoqda. So‘nggi bir yil ichida bu ikki mamlakat viloyatlari o‘rtasida 9 marotaba biznes forum va ko‘rgazmalar ko‘rinishidagi delegatsiya tashriflari yo‘lga qo‘yildi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish butun dunyoning asosiy muammolaridan biridir. Markaziy Osiyo davlatlarida ham bu yo‘nalishga jiddiy e’tibor berishadi. Ikki davlat rahbarlarining ochiq muloqotlari natijasida Zarafshon daryosining Tojikiston hududidagi qismida O‘zbekiston va Tojikiston kompaniyalari ishtirokida 320 Megavatlik ikkita GES qurishga kelishib olindi.

20 E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download ppt "Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integratsiyalashuvi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA INNOVATSIYALAR."

Similar presentations


Ads by Google