Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

“Kimyo o’qitishning ta’limiy funksiyasini slaydlar orqali yoritib berish”.

Similar presentations


Presentation on theme: "“Kimyo o’qitishning ta’limiy funksiyasini slaydlar orqali yoritib berish”."— Presentation transcript:

1

2 “Kimyo o’qitishning ta’limiy funksiyasini slaydlar orqali yoritib berish”.

3

4 *MAQSAD: a)Ta’limiy maqsad – o’quvchilarga kislorodning tabiatda aylanishi, fotosintez va nafas olish jarayonlari, yer biomassasidagi kislorodning almashinishi, havoning tarkibi, havoni ifloslanishdan saqlash haqida tushunchalar berish. b)Tarbiyaviy maqsad – ushbu mavzu orqali o’quvchilarni o`z maqsadiga erishish, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro bir- biriga hurmat, berilgan topshiriqni bajarishda ma`suliyatni his qilish,Vatanga muhabbat, ona tabiatni asrash ruhida tarbiyalash. s)Rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilarning kislorod va u bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni idrok qilish, laboratoriya mashg`ulotlarini mustaqil bajarish ko’nikmalarini mustahkamlash.

5 Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z- o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib- o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

6 * * Yangi tushuncha, bilim, malaka va ko`nikmlarni hosil qilish.

7 * Interfaol metodlar: * “Men-o`yindaman”, * “ Men-amaliyotdaman”, “Men-muloqotdaman”, “Fikriy hujum”, * “ Ikki qismli kundalik” * guruhlarda ishlash.

8 SiO 2 CaO C 6 H 12 O 6 Gazlangan ichimlik Tarqatma materiallar O`quv film H2OH2O

9 * 1. Salomlashish. * 2. Davomatni aniqlash va o`quvchilarning darsga tayyorligini nazorat qilish. * 3. Siyosiy daqiqa (habar va yangiliklar so`rash )

10 Shundan so`ng yurtimizda va dunyoda bo`layotgan voqea, yangiliklar hamda kimyo faniga doir yangiliklar so`raladi.O`quvchilar esa qisqa savollar orqali 3 guruhga bo`lib olinadi.. Dastlab o`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib, sinf davomatini aniqlaydi, o`quvchilarning darsga tayyorligini nazorat qiladi va darsni boshlaydi.

11 Guruh o`quvchilari kartochkalar orqali rag`batlantirib boriladi. \ II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: ( 10 daqiqa ) \ II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: ( 10 daqiqa )

12 1-guruh. “ Metallar” 2-guruh “Metallmaslar” 3-guruh 3-guruh “Galogenlar” O`quvchilar guruhlarga bo`linadi.

13 3 ta shart orqali mustahkamlanadi. 1-guruh. “Metallar” 2-guruh “Metallmaslar” 3-guruh 3-guruh “Galogenlar” “ Men-o`yindaman”, “ Men-amaliyotdaman”, “ Men-muloqotdaman ”,

14 1.Kislorodning tabiatda aylanishi. 2. Havo va uning tarkibi. 3. Havoni ifloslanishdan saqlash.

15 Muhit Asosiy kimyoviy shakllari Massa, t LitosferaSilikatlar, alyumosilikatlar,oksidlar. 10 19 GidrosferaSuv 1,5*10 18 AtmosferaMolekulyar kislorod 1,2*10 15 BiosferaSuv, karbon kislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar 10 12

16 , Tabiatda kislorodning aylanishi asosan fotosintez jarayoni va nafas olish jarayonlari bilan bog`liq. Fotosintezda atmosferadagi karbonat angidrid gazi CO 2 suv bilan ta`sirlashib, organik modda va kislorod O 2 hosil qiladi. Bunda CO 2 dagi kislorodning yarmi biomassa hosil qilish uchun, qolgan yarmi va karbonat angidrid bilan ta`sirlashayotgan suvdagi kislorod molekula holida to`la atmosferaga o`tadi. Shunga ko`ra, fotosintez reaksiyasi kislorodni gidrosferadan atmosferaga va atmosferadan biosferaga o`tishini ta`minlaydi. 6CO 2 + 6H 2 O C 6 H 12 O 6 + 6O 2

17 * Fotosintezga teskari jarayonlar bo`lgan nafas olishda, o`lgan organizmlarning parchalanishi va yonishda kislorod biosferadan atmosferaga hamda gidrosferaga qaytadi. * C 6 H 12 O 6 + 6O 2 6H 2 O 6CO 2 * Yer biomassasidagi kislorod 20-30 yilda to`liq almashinib bo`ladi. Litosferaga kislorod atmosferadagi CO 2 shaklida bo`lgan holda CaCO 3 ga o`tib, so`ngra shu karbonatlar termik parchalanishidan CO 2 holida atmosferaga qaytadi. * Bu reaksiya asosan vulqon faoliyati zonalarida ro`y berib, atmosfera CO 2 ni juda sekinlik bilan yangilaydi. * CaCO 3 = CaO + CO 2

18 * Havo. Atmosfera havosi ko`plab gazlarning tabiiy aralashmasi hisoblanadi. Havoning asosiy qismini tashkil qiluvchi azot va kisloroddan tashqari, uning tarkibida oz miqdorda inert gazlar, karbonat angidrid va vodorod kiradi. Ulardan tashqari havoda suv bug`lari, chang va ba`zi tasodifiy qo`shimchalar ham mavjud. Kislorod, azot va inert gazlar havoning doimiy tarkibiy qismi bo`lib hisoblanadi. Ular har qanday joyda ham deyarli bir xil miqdorda uchraydi. Karbonat angidrid, suv bug`lari va chang sharoitga qarab o`zgarib turadi. * 1 l havo 0* C da va normal atmosfera bosimida 1,293 g keladi. -192 *C 101,33 kPa bosimda havo rangsiz, tiniq suyuqlikka aylanadi. Suyuq havodan esa azot, kislorod inert gazlar ajratib olinadi. Havodagi CO 2 va suv bug`lari Yer issiqligining koinotga tarqalib ketishi oldini oluvchi to`siq –himoya ekrani vazifasini bajarsa, havodagi ozon qatlami quyosh va yulduzlarning Yerdagi hayot uchun halokatli nurlarini o`tkazmaydigan qalqon vazifasini bajaradi.

19 * Havodagi chang yomg`ir tomchilari hosil bo`ladigan yadrolar vazifasini bajaradi. Havodagi tasodifiy qo`shimchalarga organik qoldiqlar chirishidan hosil bo`ladigan vodorod sulfid va ammiak, sanoat chiqindisi bo`lgan sulfid angidrid, atmosferada elektr razryadlari natijasida hosil bo`ladigan azot oksidlari kabi murakkab moddalar mansub bo`lib, ular davriy ravishda yomg`ir, qor bilan havodan tozalanib turadi. * Havo Yerdagi hayot uchun eng zaruriy tarkibiy qism bo`lib, uning tozaligini, musaffoligini saqlash insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega. Havoni ifloslanishdan saqlash uchun chiqindisiz yangi texnologiyalar qo`llanishi, Yer biomassasini noo`rin kamaytirilishini oldini olish, havo tozaligini saqlovchi tabiiy mexanizmlarni normal ishlashini ta`minlash zarur.

20 “Agar chang va g`ubor bo`lmasa inson 1000 yil hayot kechirgan bo`lar edi”. Abu Ali ibn Sino

21 IZOH 1. 2. 3. 4. 5. 6. XULOSA 1.Kislorod Yer yuzasining barcha qatlamlarida uchraydi. 2.Kislorodning hosil bo`lishida fotosintez jarayoni muhim o`rin tutadi. 3.Fotosintez jarayoni natijasida o`simlik tanasida turli organik moddalar hosil bo`ladi. 4.Havoning tarkibi ko`plab gazlar aralashmasidan iborat. 5.Ozon qatlami Yer yuzasini turli halokatli nurlardan saqlaydi. 6.Chiqindisiz yangi texnologiyalarni qo`llash, havoni toza saqlashning asosiy omili.

22

23 1.Mavzuni o`qib, savollarga javob yozish. 2. Kislorodning muhim tabiiy birikmalarining formulalarini yozish va yod olish. 3. Kislorodning kimyoviy xossalariga doir reaksiya tenglamalar yozish. 4. “Atmosfera havosining ifloslanishi” mavzusida rasm chizish.

24 E’tiboringiz uchun tashakkur!


Download ppt "“Kimyo o’qitishning ta’limiy funksiyasini slaydlar orqali yoritib berish”."

Similar presentations


Ads by Google