Download presentation
Presentation is loading. Please wait.
Published byfaxriddin madiyorov Modified over 4 years ago
1
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tayyorladi:Toshkent davlat sharqshunoslik siyosatchinilik fakulteti talabasi Madiyarov Faxriddin Toshkent 2020
2
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilari. Bozor va uning tuzilishi
3
1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari. 2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari. 3.Bozor infratuzilmasi va uning tarkibi 4.O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishining o`ziga xos yo`li. Reja:
4
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari. Xozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda xar – xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda.
5
Bozor asosida tovar - pul munosabatlari yotadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayriboshlash va pul muomulasi qonun - qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiyot tizimidir.
6
Bozor iqtisodiyotining subyektlari. Uy xo`jaliklari - iqtisodiyotning iste'molchilik sektorini tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo`jaliklari resurslarni yetkazib beruvchi va ishlab chiqaruvchi xam hisoblanadi.
7
Korxona yoki tadbirkorlik sektori - iqtisodiy resurslarning iste'molchisi, iqtisodiyotning birlamchi bo`g`ini va tovar (xizmat)larning asosiy ishlab chiqaruvchisi xisoblanadi.
8
Davlat - iqtisodiy resurslar va tovarlar iste'molchisi xamda ijtimoiy iste'mol xarakteridagi ne'matlar bilan ta'minlovchi xisoblanadi.
9
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat. Turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo`lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi. Tadbirkorlik va tanlov erkinligi.
10
Raqobat kurashining mavjudligi. Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi. Korxona va firmalarning ichki xamda tashqi shart-sharoitlar o`zgarishlariga moslashuvchanligi.
11
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari xamma bosqichlari uchun umumiydir. Bozor iqtisodiyoti umumbashariy tizim bo`lganidan xamma mamlakatlar shu yo`ldan borishadi. Ammo bir yerda bu iqtisodiyot shakllanib ulgurgan va o`zining yuqori darajasiga chiqqan bo`lsa, boshqa joyda u endigina shakllana boshlagan. Bozor iqtisodiyotiga o`tish umuminsoniy jarayon xisoblanadi, lekin bu xar -xil kechadi.
12
1. Klassik yo`l 2. Mustamlaka va yarim mustamlaka davridagi iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`li. 3. Rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga o`tish Bu o`tish jarayoning 3 yo`li mavjud:
13
Tarixiy nuqtai nazardan bozor iqtisodiyotining ikki turi mavjud : Birinchisi: asov yoki yovvoyi iqtisodiyot. Bunday iqtisodning asl na`munasi 17- 19 - asrlarda bo`lgan. Ikkinchisi – U sivilizatsiyalashgan yoki madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanib boradi. Xozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga o`tish deganda sivilizatsiyalashgan iqtisodiyot sari borish tushiniladi.
14
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari Resurslarni samarali taqsimlaydi Afzalliklari Erkinlikni ta`minlaydi Iqtisodiy faollikni rag`batlantiradi Xo`jaliksiz va isrofgarchilikka barham beradi
15
Raqobatning kuchsizlanishiga yo`l qo`yadi (korxonalarning qo`shilib ketishi, shavfqatsiz raqobat va iqtisodiyotga davlat aralashuvi kuchayishi xamda texnika taraqqiyoti natijasida). Kamchiliklari:
16
Ijtimoiy iste'mol xarakteridagi tovar bilan ta'minlash xarakteriga ega emas. Daromadlar tengsizligining kuchayishi va axolining mulkiy tabaqalanishiga olib keladi...
17
Tovarlar xajmi va pul massasi o`rtasidagi ro`y berib turadigan nomutanosibliklarni bartaraf eta olmaydi. Qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni va atrof muxitni muxofoza qilish, ekologik munosabatni ta`minlashga layoqatli emas.
18
Ish haqi bilan narxlar darajasi muqobilligini ta`minlay olmaydi. Tezda foyda keltirmaydigan yoki jamiyat va kelajak uchun muhim bo`lgan fundamental tadqiqotlar olib borish imkoniyatini cheklaydi.
19
Bozor – bu ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan iste'molchi (xaridor)ni bir - biriga bog`laydigan, ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladigan tartiblar, mexanizmlar va muassasaviy biriga bog`laydigan mexanizmlardir. Bozor va uning vazifalari Ishlab chiqaruvchi, resurs egalari va iste'molchilarni bog`lash asosida tovarlar, xizmatlar xamda iqtisodiy resurslarning ayriboshlanishini ta'minlaydi.
20
O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishining o`ziga xos yo`li. Sho`ro tuzumi davrida O`zbekiston iqtisodini izdan chiqarish, aholini qora mehnatga mahkum etish, uning boy o`tmish madaniyatidan ayirish maqsadida paxta yakkaxokimligiga zo`r bergan edi. Sobiq ittifoq tarqalishi arafasida O`zbekiston hech qachon mustaqil bo`la olmaydi, o`zi alohida taraqqiy qila olmaydi degan fikrlar mavjud edi. “Vek” gazetasining 1995 yil 21-27 iyul sonlarida bosilgan maqolada: ”SSR parchalanib ketganidan so`ng eng dahshatli voqea O`zbekistonda yuz berishi lozim edi. Lekin bunday bo`lmadi. Karimov birorta ham xatoga yo`l qo`ymadi...” deyilgan edi.
21
Bozor iqtisodiyotiga o`tishda urf-odatlarimizni, azaliy an'analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olish. Dinimizni nazardan chetlashtirmaslik, chunki din turmush tarzimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga singib ketgan. Mamlakatdagi demografik vaziyatni hisobga olish zarur. Respublikamizda 60% dan ortiq aholi qishloqlarda yashaydi. Ularning shaharga qatnab ishlashi qiyin. Shuning uchun odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirishimiz kerak. Buning uchun esa kichik korxonalar va mini-zavodlarni ko`paytirish, oilaviy va kichik tadbirkorlikka keng yo`l ochishimiz lozim. O`zbekiston - ko`p millatli mamlakat. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda biz boshqa millatlarning madaniyati va an'analarini unutmasligimiz zarur. O`zbekistonning geografik-siyosiy joylashishi juda qulay. Bu yerdan qadimda Buyuk Ipak yo`li o`tgani bejiz emas. Islohotlarga tabiiy-iqlim sharoiti ham ta'sir qiladi. Biz mamlakatdan meva va sabzavotlar, pilla, paxta eksport qilishimiz mumkin.O`zbekiston o`zining siyosiy-iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash uchun yetarli salohiyatga ega. O`zbekiston hududida Mendeleev davriy jadvalidagi hamma elementlardan bor. Yer osti va yer usti boyliklarini dunyo bozoriga chiqishini ta'minlashimiz kerak. Biz hozircha rubl tazyiqida yashayapmiz. Lekin bu hozircha. O`z milliy valyutamizga o`tish ham bosqichma- bosqich amalga oshiriladi. Yana shuni nazarda tutish kerak-ki, milliy valyuta mustaqillikning bir belgisidi O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi o`z yo`li - ”O`zbek modeli”
22
1. Iqtisodning siyosatdan ustunligi. Buning ma'nosi shuki, iqtisod hech qachon siyosatdan ortda qolmasligi kerak, ham ichki, ham tashqi iqtisody munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak. 2. O`tish davrida davlat bosh islohotchi bo`lmog`i lozim. Davlat islohotlarning ustuvor yo`nalishini belgilab berishi, o`zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o`tkazishi shart. 3. Qonun ustuvorligiga erishish - demokratik yo`l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurnat qilishi va ularga itoat etishi lozim. 4. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o`tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko`rilishi lozim. 5. Bozor iqtisodiyotiga o`tish evolyutsion yo`l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Bu qoidalar O`zbekistonning mustaqil rivojlanish va tarqqiyot yo`liga asos qilib olindi. Bozor iqtisodiga o`tishning 5 tamoyili
23
Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. «O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li» Toshkent-1993 y 2. Karimov I.A. «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida» Toshkent-1995 y 3. Karimov I.A.«Erishgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil xarakat qilishimiz lozim» 10- fevral V.M.yig`ilishidagi ma'ruzasi Gazeta «Xalk so`zi» 11-fevral 2006- yil 4. «Iqtisodiyot nazariyasi»(noiqtisodiy oliy…) Umarov raxbarligida Toshkent universitet 2002-y 5– bob 5. O`zbek modeli to`g`risidagi ma'lumotlar Narzulla Jo`rayevning “Agar ogoh sen” asari
24
E’tiboringiz uchun rahmat
Similar presentations
© 2025 SlidePlayer.com Inc.
All rights reserved.