Download presentation
Presentation is loading. Please wait.
Published byG'AYRATBEK KHALIMOV Modified over 4 years ago
1
O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida
2
1. O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi yangi o‘zgarishlar. 3. Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati. 2. O‘zbekiston SSRda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi. 4. Yangi Ittifoq shartnomasi va GKChP. 5. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi.
3
3.O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi haqida nimalarni bilib oldingiz 1.Qanday sabablar SSSRni inqirozli vaziyatga olib keldi? 2.Nima uchun “qayta qurish” siyosati barbod bo‘ldi? 4.Farg‘ona fojiasi nima sababdan sodir bo‘ldi, uning oqibatlarini bila- sizmi? O’TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
4
1989-yil 23-iyunda tajribali iqtisodchi va partiya xodimi Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari qilib saylandi. Islom Karimov
10
1990-yil 24-martda bo‘lgan O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining o‘n ikkinchi chaqiriq I sessiyasida O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvi ta’sis etildi va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Islom Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti qilib saylandi. Ittifoqdosh respublikalar o‘rtasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvi joriy qilindi. O‘zbekiston SSRda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi.
11
Birinchi bosqich Birinchi bosqich 1990-yil mart – oktyabr oylarini tashkil qiladi. Ikkinchi bosqich Ikkinchi bosqich 1990-yil noyabr – 1991-yil avgust oylarini o‘z ichiga oladi. Uchinchi bosqich Uchinchi bosqich 1991-yil sentyabr – 1992-yil yanvar oylaridan iborat Prezidentlik boshqaruvining paydo bo‘lishi va taraqqiyoti respublikada quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ldi:
12
1990-yil 20-iyunda bo‘lgan O‘zbekiston SSR Oliy Soveti o‘n ikkinchi chaqiriq II sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. Aynan Mustaqillik Deklaratsiyasi O‘zbekistonning mustaqilligi sari tashlangan juda muhim va zalvorli qadam bo‘ldi. Xullas, Mustaqillik Deklaratsiyasi O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligining huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish uchun katta xizmat qildi. 14-dekabrda O‘zbekiston SSR tarkibidagi Qoraqalpog‘iston ASSR suvereniteti to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi.
13
Moskvada 1991-yil 19 – 21-avgustda yuz bergan voqealar, KPSS MK Bosh kotibi va SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning hokimiyatdan chetlashtirilib, vitse- prezident Gennadiy Yanayev boshchiligidagi oliy eshelon rahbarlari tomonidan Favqulodda Holat Davlat Komiteti (GKChP) tuzilgani, biroq tez orada uning RSFSR prezidenti Boris Yelsin rahbarligidagi demokratik kuchlar tomonidan bostirilishi SSSRning kelajagi yo‘qligidan dalolat berardi.
14
G. I. Yanayev SSSR Vitse-presidenti O. D. Baklanov KPSS MK sekretari V. A. Kryuchkov KGB raisi V. S. Pavlov SSSR premer ministri B. K. Pugo SSSR Ichki ishlar vaziri V. A. Starodubsev SSSR Dehqonlar ittifoqi raisi A. T. Tizyakov SSSR davlat assotatsiyalari prezidenti D. T. Yazov SSSR Mudofaa vaziri
15
Isyon barbod bo‘lgach, SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikalar o‘z mustaqilliklarini e’lon qilishdi. KPSS va SSSR tanazzulga uchradi. KPSS siyosiy partiya sifatida 1991-yil 29-avgustda o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 1991-yil 25-dekabrda SSSR davlati ham xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi.
16
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi. O‘zbekiston hali Ittifoq tarkibida bo‘lib, SSSRning konfederativ davlatga aylanishiga ko‘pchilik umid qilib turgan mahalda muhim siyosiy voqea yuz berdi.
17
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to‘g‘risida prezident I.A.Karimovning ma’ruzasi tinglandi. Sessiyada “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, unda suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilari aniqlab berildi.
20
Referendum – (lot. – xabar berilishi zarur bo‘lgan narsa) davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonunlar berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash. Vitse-prezident – (lot. vice – o‘rniga) “o‘rinbosar”, “yordamchi” degan ma’nolarni anglatuvchi birinchi tarkibiy qismi. Vitse-prezident – prezident o‘rinbosari. Deklaratsiya – (ma’lum qilaman) – hukumatning, biror tashkilotning muhim bir hujjatni, qonunni, voqeani ko‘pchilik e ’tiboriga yetkazuvchi bayonoti.
21
Islom Karimov qachon O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari qilib saylandi? Islom Karimov O‘zbekiston rahbari bo‘lgach, Markaz oldiga qanday talablar qo‘ygan edi? O‘zbekistonda qachon norasmiy tashkilot va harakatlar vujudga keldi, nima uchun ular xalq orasida tayanch va ishonchga ega bo‘la olmadi? O‘zbekistonda qachon prezidentlik boshqaruvi ta’sis etildi? O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvi necha bosqichda amalga oshirilgan?
22
O‘zbekiston SSR ning Mustaqillik Deklaratsiyasi O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining qaysi sessiyasida va qachon qabul qilingan? Qachon Novo-Ogaryovoda SSSR Prezidenti M.Gorbachyov hamda 9 ta ittifoqdosh respublikalar davlat oliy idoralari rahbarlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi? Ittifoqni saqlab qolish uchun Markaz tomonidan SSSRda qachon umumxalq referendumi o‘tkazildi? O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin birinchi prezidentlik saylovi qachon bo’lib o’tdi? “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Qonun Oliy Kengashning qaysi sessiyasida va qachon qabul qilindi?
23
Uyga vazifa O’tilgan mavzuni o’qib kelish; Mavzu yuzasidan konspekt daftarga 20 ta test tuzish; Prezidentlik boshqaruvining paydo bo‘lishi va taraqqiyoti bosqichlari bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring;
24
Quyidagi jadvalni to‘ldiring Uyga vazifa
Similar presentations
© 2025 SlidePlayer.com Inc.
All rights reserved.