Download presentation
Presentation is loading. Please wait.
Published bysardor yusupov Modified over 5 years ago
1
MAVZU-1 JAMIYATNI AXBOROTLAShTIRISh VA «ELEKTRON HUKUMAT» TIZIMINI JORIY ETIShNING ZARURATI 1. Jamiyat rivojida axborotlashtirishning o‘rni 2. Elektron hukumatni shakllantirish
2
JAMIYAT RIVOJIDA AXBOROTLASHTIRISHNING O‘RNI Axborotlashtirish – bu nafaqat texnologik, balki aholi turmush tarziga sezilarli o‘zgartirishlar kiritadigan ijtimoiy va madaniy jarayon hamdir. Jamiyatni axborotlashtirish – bu jamiyat a’zolarining ishonchli axborotdan to‘liq va o‘z vaqtida foydalanishlarini ta’minlashga qaratilgan choralar kompleksini ishga tushirishdir, bu yangi axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va rivojlantirish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
3
Bugungi kunda axborotlashgan jamiyat atamasi nafaqat axborot sohasi mutaxassislarining muomalasida, balki siyosiy faoliyat, iqtisodchi, olimlarning muomalalarida ham o‘z o‘rnini mustaxkam egalladi. Ko‘p hollarda bu tushuncha fuqarolik jamiyati platformasida yangi evolyutsion sakrashni amalga oshirishga va axborot asriga axborotlashgan jamiyat (yoki uning boshlang‘ich bosqichi) sifatida qadam bosishga imkon beruvchi axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalarining rivoji bilan umumlashtiriladi.
4
Axborotlashgan jamiyatni tavsiflovchi mezonlar: Texnologik: ishlab chiqarishda, muassasalarda, ta’lim tizimida keng qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari. Ijtimoiy: axborot yashash sifatini o‘zgartirishning muhim stimulyatori sifatida yuzaga chiqadi, axborotga keng kirishda «axborot ongi» shakllanadi va qaror topadi. Iqtisodiy: axborot iqtisodiyotda resurs, xizmat, tovar, qo‘shilgan qiymat va bandlik manbai sifatida kalit omilni tashkil etadi. Siyosiy: axborot erkinligi siyosiy jarayonlarda aholining turli klasslari va ijtimoiy qatlamlari orasidagi o‘sib borayotgan ishtiroki bilan xarakterlanadigan yetakchi hisoblanadi. Madaniy: axborotning madaniy qiymatini alohida individ va butun jamiyat rivojining manfaatida axborot qimmatini tasdiqlash vositasida belgilash.
5
ITU hisoblari bo‘yicha oxirgi yilda 250 milliondan ortiq odam internetga ulangan va 2018 yil oxirida butun dunyo aholisining deyarli 40 foizi internetdan foydalanadi. Mobil texnologiyalar va xizmatlar avvaldan axborotlashgan jamiyat rivojining kalit omili hisoblanadi, mobil va keng polosali aloqa foydalanuvchilari soni 2 mlrd.ga yaqin. Mobil keng polosali tarmoqlar ilovalar va servislardan foydalanish imkonini beradi: tezlik oshishda davom etadi, xizmatlarning bahosi pasayadi va AKT yanada ommabop bo‘ladi, oxirgi to‘rt yilda xizmatlarning bahosi 82 foizga pasaygan.
6
Dunyoda Internet foydalanuvchilarining soni (2018 yil)
7
Internet foydalanuvchilarining 1 daqiqalik faoliyati:
8
Yuqori tezlikli aloqa tarmoqlari vositasida global axborot jamiyatiga ko‘pdan ko‘p odamlar bog‘lanmoqdalar, ya’ni, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamiyatni rivojlantirishning eng aktual yo‘nalishlaridan biridir. ITU hisoblari bo‘yicha 2018 yil oxirida ko‘chuvchi sotali aloqa abonentlari 6,8 mlrd.ga va butun dunyo internet foydalanuvchilari 2,7 mlrd.ga yetadi.
9
Axborotlashgan jamiyatni shunday jamiyat sifatidan tavsiflash mumkinki, bunda turmush sifati, ijtimoiy o‘zgarishlar istiqboli va iqtisodiyotning o‘sib borish bosqichida rivojlanishi axborot va uning ekspluatatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday jamiyatda turmush tarzi, mehnat va dam olish shakllari, ta’lim tizimi va bozor axborot sohasida erishilgan yutuqlarning sezilarli ta’siri ostida bo‘ladi. Natijada bilimlarga va axborot iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat shakllanadi.
10
Narxning sanoat mahsulotiga nisbatiga misol: - bir kilogramm neft xomashyosini sotish 0,020 — 0,025 dol. foyda keltiradi; - bir kilogramm ro‘zg‘or texnikasi 50 dol. foyda keltiradi; - bir kilogramm aviatsion texnikani ishga tushirishning o‘rtacha foyda normasi 1000 dol.ni tashkil etadi; - informatika va elektronikada bir kilogramm ilmiy mahsulot 5000 dol.gacha foyda olishga imkon beradi. Ko‘rinib turibdiki, o‘zida intellektual kapitalni rivojlantirmagan davlat dunyo jamiyatida mustahkam o‘rin egallay olmaydi.
11
Misol: amaliy turmushda AKTni 10 ta asosiy qo‘llanilishi axborotlashgan jamiyatga “o‘tish ko‘prigi” bo‘ldi: telemehnat; masofaviy ta’lim; universitetlar va tadqiqot markazlarini bog‘lovchi tarmoqlar; kichik va o‘rta biznes korxonalari uchun telematik xizmatlar (elektron pochta, fayl uzatish, videokonferentsiya va x.k.); transport xizmatlarini kompyuterli boshqarish; havo xabarlarini kompyuterli nazorat qilish; sog‘liqni saqlash sohasidagi kompyuter tarmoqlari; elektron tijorat; milliy va mahalliy ma’muriy organlar tarmog‘i; shahar axborot supermagistrallari...
12
ELEKTRON HUKUMATNI SHAKLLANTIRISH Zamonaviy insonlar jamiyati axborot potoklarining misli ko‘rilmagan o‘sishi davrida yashamoqda: Bilimning umumiy summasi 1900 yildan boshlab har 50 yilda ikki martaga oshmoqda, 1950 yildan har 10 yilda, 1970 yildan har 5 yilda, 1990 yildan har yili... ikki martaga oshmoqda. Axborot tizimlari va resurslariga kirishning soni, sifati bugungi kunda davlatning rivojlanganlik darajasi, uning dunyo xamjamiyatidagi maqomini belgilaydi va shubxasiz XXI asrning dastlabki o‘nyilliklarida bu maqomning hal qiluvchi ko‘rsatkichi bo‘ladi.
13
Hozirgi vaqtda xukumat va uning fuqarosi orasidagi o‘zaro ta’sir axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faol amalga oshib bormoqda. Zamonaviy huquqiy demokratik davlat “fuqaro-xukumat”, “fuqarolik jamiyati - xukumat” o‘zaro axborot munosabatlari, axborot manfaatlarining balansi va bu balansni me’yorlarda, avvalambor axborot qonunlarida mustaxkamlashga erishishga intiladi. Xukumat va jamiyat, alohida fuqaroning o‘zaro ta’sirini optimallashtirish uchun “elektron davlat” (“elektron xukumat”) modelidan faol foydalaniladi.
14
Elektron xukumat tavsifi (World Bank, http://go.worldbank.org/MlJHE0Z280): http://go.worldbank.org/MlJHE0Z280 «Elektron xukumat» atamasi fuqarolar, biznes va turli xukumat tarmoqlari munosabatlarini transformatsiya qilishga qodir axborot texnologiyalarini davlat organlari tomonidan foydalanilishiga nisbatan ishlatiladi. Bu texnologiyalar turli maqsadlarda foydalanilishi mumkin: fuqarolar uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, biznes va sanoat bilan o‘zaro xamkorlikni kuchaytirish, axborotga kira olish vositasida fuqarolar imkoniyatlarini kengaytirish va davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish. Natijada shunday avzallikka erishish mumkinki, bunda korruptsiyaning qisqarishi, shaffoflikning oshishi, foydalanuvchilar uchun yanada qulaylik, daromadning oshishi va/yoki harajatning kamayishi.
15
Elektron xukumat aholiga Internet-texnologiyalar vositasida va yordamida (ya’ni, AKT orqali) o‘z nuqtai nazarlarini tasvirlash imkoniyatlarini bergan holda mamlakat hayotiga ta’sir ko‘rsatishlari uchun yanada ko‘proq imkoniyat beradi. Shu bilan birga Internet foydalanuvchilar uchun maksimal moslashtirilgan yangi xizmatlarni taqdim etish yo‘li bilan davlat boshqaruv organlariga o‘z ahamiyati va ta’sirini oshirishga imkon beradi.
16
Axborot va telekommunikatsiya infratuzilmasini o‘z vaqtida shakllantirish quyidagilarni ta’minlaydi: tashkilot va fuqarolar uchun davlat xukumat organlari bilan o‘zaro xamkorlikning elektron usullariga murojaat qila olishni oshirish, aholining davlat boshqaruv organlari bilan o‘zaro xamkorligi uchun sarflanadigan vaqtni kamaytirish; davlat boshqaruv organlarining davlat xizmatlarini taqdim etish va elektron ko‘rinishdagi davlat vazifalarini bajarish harajatlarini kamaytirish; umumdavlat ahamiyatidagi bir turli vazifalarni bajarish uchun davlat byudjeti harajatlarini ularni markazlashgan holda bajarish hisobiga kamaytirish; davlat xukumati organlari orasida operativ ximoyalangan axborot almashinuvi uchun yagona texnologik platforma.
17
Elektron xukumat strategiyasini shakllantirishda quyidagi savollarga javob berish kerak: Nima? Strategiyaning maqsadi nima? Nima uchun? Strategiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini aniqlash Qanday qilib? Elektron xukumat bo‘yicha faoliyatning asosiy strategik rejasini aniqlash Bundan tashqari quyidagi savollarga javob berish kerak; Qachon? Amalga oshirish muddati Kim? Tashkilotlar / Mas’ullar Qancha? Amalga oshirish uchun zaruriy moddiy va boshqa resurslar
18
Elektron xukumat strategiyasining realizatsiyasi uchun umumiy shartlar: AKT va elektron xukumatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda siyosiy yetakchilik muhim rol o‘ynaydi; Elektron xukumat quyidagilarning mos rivojlanish darajalarini talab qiladi - AKT infratuzilmasi - ma’muriy-jamoatchilik boshqaruvi islohotlari - qonuniy bazalar (qonunchilik) - inson resurslari
Similar presentations
© 2025 SlidePlayer.com Inc.
All rights reserved.